Bilig ilmiy faoliyat


Respublika ilmiy-amaliy konferensiya



Yüklə 312,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix15.06.2023
ölçüsü312,72 Kb.
#130666
1   2   3   4
admin, Ergasheva G.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 
ISSN: 2181-1776
35 
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri |
http://bilig.academiascience.org
 
http://bilig.academiascience.or
 
ttp://bilig.academiascience.or
STEАM – ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokama, dizayn, 
qurish, sinovdan o‘tkazish va rivojlantirish. Bu bosqichlarr tizimli loyihalash 
yondashuvining asosi hisoblanadi.
Ta’lim va karyera orasidagi ko‘prik 
Тurli xil baholashlarga ko‘ra hozirgi kunda talabgor eng ko‘p bo‘lgan 10 
mutaxassisdan 9 tasida aynan STEАM bilimlari zarur bo‘ladi. Bunday kasblarga: 
muhanis-kimyogar, neft bo‘yicha muhandis, kompyuter tizimlari analitiklari, muhandis-
mexaniklar, muhandis-quruvchilar, robototexniklar, yadromeditsinasi kiradi.
STEАM 
dasturlari 
7-14 
yoshdagi o‘quvchilarning muttasil ravishda 
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga qiziqishlarini orttiradi. Masalan: tabiat darslarida 
suvning 3 holatini o‘rgansalar, STEАM to‘garaklarida suvni ma’lum darajada 
muzlatisni yoki ma’lum darajalarda uning holatlarining o‘zgarib borishini o‘zlari 
bajarib bilimlarini mustahkamlaydilar.
STEАM mashg‘ulotlarida ular qiziqarli eksperimentlar o‘tkazganlarida 
terminlarni ham osongina tushunib olishlari mumkin.
Boshlang‘ich 
sinflarda 
“Tabiatshunoslik” 
fanini 
o‘qitishda 
STEAM 
texnologiyasini qo‘llasak, bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va 
shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish 
qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon 
qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi 
darajasini ta’minlaydi.
«Oy yerning yo‘ldoshi» mavzusini STEAM texnologiyasi asosida ishlab 
chiqamiz.
STEAM texnologiyasidagi S harfi fanni bildiradi. Bunda o‘quvchilar nazariy 
ma’lumotlar bilan tanishtiriladi.Nazariy ma’lumot: Oy haqida ma’lumot berilib,oy 
yuzasi yer yuzasi bilan taqqoslanadi.Oy dumaloq shakldagi juda katta sovuq va qattiq 
osmon jismidir.U yerning yuldoshi,chunki u sayyoramiz atrofida aylanib turadi.Oy 
yuzasi Yer yuzasidan 14 baravar kichikdir. 
• T harfi texnologiyani bildiradi.Oy yuzasi,teleskop bilan qaralgandagi oyning 
holati,oy nima bilan yerdan farq qilishi haqidagi ma’lumotlar umumlashtirilib quyidagi 
savollarga javob topish topshiriladi: 
• 1.Oy va Yer orasidagi masofa taxminan necha kilometrni tashkil etadi?
• 2.Oyda suv va havo bormi?
• 3. Oy nima bilan yerdan farq qiladi? 
• 4. Oydagi tog‘lar va dengizlar aniq ravshan ko‘rinishining sababi nimada?
• E harfi muhandislikni bildiradi. O‘quvchilarga qog‘oz va loy, plastilindan 
oyning modelini yasash topshiriladi. 
• A harfi san’atni bildiradi. O‘quvchilar berilgan ma’lumotlar asosida she’r, 
hikoya, esse yozadilar. Daftarlariga oyning rasmini chizish topshiriladi. 
• M harfi matematikani bildiradi. Globusning aylanish o‘qini, shimoliy va 
janubiy qutblarni hamda ekvatorni o‘lchamlarini matematik nuqtai nazardan hisob-kitob 
qilishlari zarur bo‘ladi.


FTAI

Yüklə 312,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin