Bilim sohasi: 100000- gumanitar fanlar Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 5110900- pedagogika va psixologiya


Psixik rivojlanish omillari muammolarini qo’yilishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə45/81
tarix21.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#79916
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
portal.guldu.uz-R I V O J L A N I S H P S I X O L O G IY A S I V A P E D A G O G I K - P S I X O L O G I Y A

Psixik rivojlanish omillari muammolarini qo’yilishi

20 asrning birinchi 10 yilligida bola shaxsi rivojlanishi muammosi bilan shug`ullangan psixologlar orasida eng etakchilari sifatida A.Bine, E.Meyman, D.Syolli, E.Klaperd, V.SHtern, A.Gezell va boshqalarni kiritish mumkin. Ingliz olimi Dj.Syolli inson psixikasini shakllanishiga nisbatan assotsiativ yondashuv pozitsiyasidan qaragan. U aql his-tuyg`u va irodani psixikaning asosiy tarkibiy qismi sifatida ajratib ko’rsatgan. Uning izlanishlari bolalar tarbiyasi amaliyoti uchun bolalardagi birinchi assotsiatsiya va ularni yuzaga kelishining ketma-ketligini tarkibini aniqlashdan iborat edi.
M.Montessori Syollining izdoshi sifatida uni xulosalariga tayanib maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish jarayonini rivojlanish tizimini ishlab chiqdi. U bola shaxsni o’rganishda ular rivojlanishini ichki impulslarini bilish va inobatga olish haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqadi. Bolalarning bu davri hissiylik davri deb e`tirof etilib, bu vaqtda o’zining moyilligi mavjud bo’lgan bilimlarini o’zlashtirishga imkon berishi kerak. M.Montessori turli xil his-tuyg`u va harakatlarni mashq qildirish orqali ularni sekin-asta anglashga murakkablashtirishga mukammallashtirishga katta ahamiyat qaratgan. Natijada bu tafakkur jarayonini rivojlanishiga olib keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta`limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan Montessorning g`oyasi juda keng tarqaldi va hozirgi vaqtda Rossiyada bu tamoyillar bo’yicha bir nechta bolalar bog`chasi yoki guruhlarga qo’llanilgan.
Nemis psixologi va pedagogi E.Meyman ham bolalarning bilish jarayonlarini rivojlanishi muammolariga shuningdek, ta`limning metodologik asoslarini ishlab chiqishga asosiy e`tiborini qaratgan. Meyman tomonidan davrlashtirishda 3 bosqichga ya`ni fantastik sintez bosqichi, analiz bosqichi, fikriy sintez bosqichlariga ajratilgan.
E.Meyman labaratoriyasi qoshida tashkil etilgan eksperimental maktabda bolalarni ta`lim dasturlariga tayyorlik darajasini dagnostika qilish metodlari ishlab chiqilgan. Unga ko’ra, ta`lim dasturlari va sinflarni shakllantirish kreyteriyalari sinovdan o’tkazilgan (masalan, intellekt darajasi, qiziqishlari, o’qituvchi bilan hamkorlik bo’yicha).

4-ilova

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin