Rivojlanish psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilganidan etuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan, ya’ni har bir shaxs uzoq bolalik davrini boshdan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayon va xususiyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida ajratib o‘rganiladi va uni ontogenetik (tug‘ilgandan ulg‘aygungacha o‘sib yetilish davri) taraqqiyot yo‘li deyiladi.
Rivojlanish psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiyxususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni hamo‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bu muammolarni hal qilishda mustaqil fan sifatida o‘ziga xos vazifalarni hal etmog‘i lozim.
Bugungi kunda rivojlanish psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi. Bolalar psixologiyasining nazariy vazifalari uning nazariy muammolarini echishga qaratilgan. Jumladan, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning idrokiga, sezgi – tuyg‘ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o‘rganish;
I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida turli yoshdagi bolalar psixik prosesslari hususiyatlariniingnerv– fiziologik asoslarni o‘rganish;
Ta’lim – tarbiya jarayonida bolaningmaxsus qobiliyatlarini shakllantirish;
10.Ta’lim – tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir. Uning amaliy vazifalarigaturli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilir, o‘qituvchilar, ota – onalar ya’ni jamoatchilar o‘rtasida keng yoyishdan iborat