Nazorat savollari: 1.3. Rossiyada rivojlanish psixologiyasining shakllanish tarixini izohlang.
4.XX ASRNING BOShLARIDA BOLA RIVOJLANISh NAZARIYaLARI Asosiysavollar:
Psixik rivojlanish omillari muammolarining qo’yilishi.
Rivojlantirish psixologiyasining predmeti.
XIXasr o’rtalarida va XX asr boshlarida Rossiyada rivojlanish psixologiyasining shakllanish tarixi.
Mavzugaoidtayanchtushunchavaiboralar:rivojlanish psixologiyasi, rivojlanish, ontogenez, filogenez. 1-savol bo’yicha o’quv maqsadi:Psixologiyafanlariningmustaqilsohasisifatidarivojlantirish psixologiyasining shakllanish tarixi haqida tushuncha shakllantirish.
1- savolbayoni 20 asrning birinchi 10 yilligida bola shaxsi rivojlanishi muammosi bilan shug`ullangan psixologlar orasida eng etakchilari sifatida A.Bine, E.Meyman, D.Syolli, E.Klaperd, V.SHtern, A.Gezell va boshqalarni kiritish mumkin. Ingliz olimi Dj.Syolli inson psixikasini shakllanishiga nisbatan assotsiativ yondashuv pozitsiyasidan qaragan. U aql his-tuyg`u va irodani psixikaning asosiy tarkibiy qismi sifatida ajratib ko’rsatgan. Uning izlanishlari bolalar tarbiyasi amaliyoti uchun bolalardagi birinchi assotsiatsiya va ularni yuzaga kelishining ketma-ketligini tarkibini aniqlashdan iborat edi.
M.Montessori Syollining izdoshi sifatida uni xulosalariga tayanib maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish jarayonini rivojlanish tizimini ishlab chiqdi. U bola shaxsni o’rganishda ular rivojlanishini ichki impulslarini bilish va inobatga olish haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqadi. Bolalarning bu davri hissiylik davri deb e`tirof etilib, bu vaqtda o’zining moyilligi mavjud bo’lgan bilimlarini o’zlashtirishga imkon berishi kerak. M.Montessori turli xil his-tuyg`u va harakatlarni mashq qildirish orqali ularni sekin-asta anglashga murakkablashtirishga mukammallashtirishga katta ahamiyat qaratgan. Natijada bu tafakkur jarayonini rivojlanishiga olib keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta`limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan Montessorning g`oyasi juda keng tarqaldi va hozirgi vaqtda Rossiyada bu tamoyillar bo’yicha bir nechta bolalar bog`chasi yoki guruhlarga qo’llanilgan.
Nemis psixologi va pedagogi E.Meyman ham bolalarning bilish jarayonlarini rivojlanishi muammolariga shuningdek. Ta`limning metodologik asoslarini ishlab chiqishga asosiy e`tiborini qaratgan. Meyman tomonidan davrlashtirishda 3 bosqichga ya`ni fantastik sintez bosqichi, analiz bosqichi, fikriy sintez bosqichlariga ajratilgan.
E.Meyman labaratoriyasi qoshida tashkil etilgan eksperimental maktabda bolalarni ta`lim dasturlariga tayyorlik darajasini dagnostika qilish metodlari ishlab chiqilgan. Unga ko’ra, ta`lim dasturlari va sinflarni shakllantirish kreyteriyalari sinovdan o’tkazilgan (masalan, intellekt darajasi, qiziqishlari, o’qituvchi bilan hamkorlik bo’yicha).
SHveytsariyalik psixolog E.Klapared Xollning rekapitulatsiya tasavvurlarini tanqid qilib chiqqan. Uning psixikaning filogenezi va ontogenezi umumiy mazmunga ega va bu rivojlanishning birinchi qatorini o’xshashligiga olibkeladi, ammo ularni bir xil deymaydi. Klaparedning o’ylashicha bola psixikasini rivojlanish bosqichlari instinktiv jihatdan aniqlanmagan, u qobiliyatlarni o’zida shakllantirish g`oyasini taqlid va o’yin mexanizmlari yordamida deb hisoblagan. Tashqi omillar rivojlanishga ta`sir etib, uni yo’nalishini aniqlaydi hamda tempini kuchaytiradi.
Psixik rivojlanishning Klapared tafakkur rivojlanishiga tenglashtirilgan va tafakkur tipini o’zgarishiga tayanib 4 bosqichga ajratgan. Birinchi bosqichda (2 yoshgacha) predmetlarni tashqi ko’rinishini eslab qolish idrokni shakllanishi sodir bo’ladi; 2-bosqichda (2 yoshdan 3 yoshgacha) nutqiy predmetlar nomlari o’zlashtiriladi. 3-bosqichda (3 yoshdan 7-yoshgacha) tafakkur bolaning umumiy aqliy qobiliyatlari 4-bosqichda (7 yoshdan 12 yoshgacha) maxsus qiziqishlar shakllanadi va individning individual moyilliklari ifodalanadi.
E.Meyman va E.Klapared ishlari bolalar yosh davrlari psixologiyasiga asos bo’ldi va uni predmetini aniqlab maxsus vazifa va muammolar aylanasini shakllantiradi. Bolalar psixologiyasi pedalogiya pedagogikani rivojlanishi, bolalarni psixik rivojlanishini tadqiq etishni ishonchli metodlarini ishlab chiqilishini taqazo etdi.
Frantsuz psixologi A.Bine bolalar psixologiyasida testologik va nomativ yo’nalishlarni asoschisidir. Bine bolalarda tafakkur rivojlanishining darajalarini eksperimental tadqiq etdi. Ularni oldiga tushunchalarni aniqlash topshirig`ini qo’ygan holda (“stul” nima, “ot” nima va boshqalar). Turli yoshdagi bolalarning javoblarini umumlashtirib 3 yoshdan 7 yoshgacha u bolalar tushunchalarini rivojlanishini 3 bosqichini aniqladi-sanoq bosqichi, ta`riflash bosqichi va interpretatsiya bosqichi. Har bir bosqich ma`lum yosh bilan tenglashtirilgan va Bine intellektual rivojlanishini ma`lum normativlarini mavjudligi haqida xulosa qildi.
Ta`lim vazirligi talabiga ko’ra Bine rivojlanishda normadan og`ishgan va shu tariqa yordamchi maktabda ta`lim olishga muhtoj bo’lgan bolalarni ajratib oluvchi metodni ishlab chiqdi. Keyinchalik u 3 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarni intellektual rivojlanishini umumiy diagnostika qilish uchun testlar ishlab chiqdi. Har bir yosh davri uchun Bine mos topshiriqlarni tanlab oldi murakkablik darajasi bo’yicha variatsiyalari bilan intellektual rivojlanishini turli tomonlarini tadqiq etuvchi topshiriqlarni. Ularga so’z boyligini, sanoqni xotirani, umumiy bilimini, makoniy mo’ljalga olishni,mantiqiy tafakkurni va boshqalarni tekshiruvchi topshiriqlarni kiritilgan.bine g`oyasiga ko’ra, topshiriqlar bu yoshdagi barcha bolalarga xos bo’lgan minimal malakaga yo’naltirilgan. Faqat shundagina teng diagnostik sharoitda tug`ma yuqori intellektual darajali bolalar ya`ni qobiliyatli va o’rgatilgan bolalar bo’ladilar. Binening shogirdi T.simon tomonidan tuzilgan maxsus shkala yordamida bolaning aqliy yoshi hisoblangan.
Keyinroq aniqroq diagnostika qilish uchun nemis psixologi V.SHtern intellekt koeffitsentini kiritishni taklif etdi. Bine intellekt darajasi tug`ma qobiliyat sifatida hayot mobaynida o’zgarmaydi va turli topshiriqlarni bajarishga yo’naltirilgan. Intellektual norma 70dan 130% koeffitsent deb hisoblangan. SHunga ko’ra aqlan qoloq bolalar 70% dan past ko’rsatkichlarni olganlar, iqtidorlilar 130% dan yuqori ko’rsatkichni olganligini ko’rishimiz mumkin.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilganidan etuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan, ya’ni har bir shaxs uzoq bolalik davrini boshdan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayon va xususiyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida ajratib o‘rganiladi va uni ontogenetik (tug‘ilgandan ulg‘aygungacha o‘sib yetilish davri) taraqqiyot yo‘li deyiladi.
Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiyxususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni hamo‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bu muammolarni hal qilishda mustaqil fan sifatida o‘ziga xos vazifalarni hal etmog‘i lozim.