IV. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1.Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari (2 soat ) Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari. Rivojlanish psixologiyasining asosiy tushunchalari va muammolari. Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari. Bolalar bilan ishlashning amaliy metodlari: art-terapiya, o‘yin terapiya, qum terapiya. [A2.112-182; A3.83-133; Q3.81–121]
Rivojlanish psixologiyasining shakllanish tarixi (4 soat )
Rivojlanish psixologiyasining dastlabki nazariyalari. S.Xollning rekapitulyatsiya nazariyasi. K.Getchinsonning davrlashtirishi. J.Lokkning Envayronmentalizmi va Russoning romantik naturalizmi. Gazellning kamolga yetish nazariyasi. Rivojlanish tamoyillari. A.Binening intellektual rivojlanish testi. Byullerning rivojlanishni uch darajasi nazariyasi. [A2.143-165; A7.12-16; Q5.25-31;Q8.12-16].
Intellektual rivojlanish nazariyasi (2 soat )
Intellektual rivojlanishning zamonaviy nazariyalari. Piaje konsepsiyasi: sensomotor bosqich, operatsiyalardan oldingi bosqich va aniq operatsiyalar, formal operatsiyalar davri. J.Piaje nazariyasidagi asosiy holatlarga tanqidiy yondashuv. [A1.155-200; A7.111-133; Q1.108-157; Q13.88-96].
Shaxsiy rivojlanish nazariyasi (2 soat ) E.Eriksonning ega-psixologiyasi, E.Erikson ishlarining tadqiqot metodlari, E.Erikson nazariyasining asosiy tushunchalari, shaxs rivojlanishini psixoijtimoiy bosqichlari. O‘zini o‘zi anglashni rivojlanishi va “Men” konsepsiyasi. A.Tomas va S.Chesslarning bola temperamenti va konsepsiyasi. Bolalik giperaktivligi muammosi. [A1.35-52; A7.12-16; Q5.25-31].
Ijtimoiy rivojlanish nazariyasi (4 soat )
Ota-ona munosabatlari va muloqot. Xarlo tadqiqotlari. Boulbi bo‘yicha yaqinlik tuyg‘usi nazariyasi. Eysvortning tajribalari. Kattalarga yaqinlik tuyg‘usi. Ota-onalik tarbiyasining uslublari. Pedagog bilan muloqot va o‘zaro harakatlar. [A1.67-71; A5.189-202; A7.34-38; Q10.100-112].