4.12-rasm.a-simobli termometr, b-metastatik termometr: 1-rezurvar, 2-qo’shimcha kamera, 3-kamera, 4-asosiy shkala
Tibbiyotda ishlatiluvchi simobli termometr maksimal haroratni k o ‘rsatadi, shu sababli u maksimal termometr deb ataladi. Undagi bu xususiyat uning tuzilishiga bog’liq: simobli rezervuar darajalangan kapillardan qilsimon darajada toraytirilgan qismi bilan ajratilgan bolib, bu torayganlik termometr sovugan vaqtda simobning rezervuarga qaytishiga imkon bermaydi (4.12- rasm). Uzoq vaqt kuzatiluvchi past temperaturalarni ko‘rsatuvchi minimal termometrlar ham mavjud. Kichik intervaldagi haroratlar qiymatini yuqori aniqlikda o’lchash uchun metastatik termometrlardan (4.13- rasm) foydalaniladi. Bunday termometrlar suyuqlikli (odatda simobli) katta rezervuar 1 dan va uzun ingichka kapillar 3 dan iborat boladi. 1 rezervuardagi simob massasi o‘zgaruvchan bo’lib, uning qismi 2 rezervuarga qo‘yilishi mumkin, buning natijasida shkalaning nol (0) belgisi o’lchanuvchi haroratlar intervalining pastki chegarasi qilib olinadi. Bunday termometr darajasining qiymati 0,01° ga teng. Hisoblash intervali hammasi bo’lib 5°ni tashkil etadi, lekin u har xil haroratlar atrofida olinishi mumkin. Turli fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdorini o’lchash uchun kalorimetriya deb ataladigan bir qator usullardan foydalaniladi, bu metodlar to'plamiga kalorimetriya deyiladi.
Kalorimetrik usul yordamida jismlarning issiqlik sig’imi, fazoviy aylanishlar vaqtida issiqlik miqdori, eruvchanlik, hollash, adsorbsiya, kimyoviy reaksiya tufayli hosil bo’lgan issiqlik, nurlanish energiyasi, radioaktiv parchalanish va shu kabilar o’lchanadi.
4.6-§. DAVOLASH UCHUN QO‘LLANILADlGAN ISITILGAN VA SOVUQ MUHITLARNING FIZIK XOSSALARI
Tibbiyotdaayrimjoylarniisitishyokisovutishmaqsadlaridaisitilganyokisovutilganjismlardanfoydalaniladi. Odatda buning uchun nisbatan imkoni bo‘lgan muhitlar tanlanadi, bunda ulardan ba’zilari foydali bo‘lgan mexanik va kimyoviy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bunday muhitlarning fizik xossalari ularning qanday maqsadda ishlatilishiga qarab belgilanadi. Birinchidan, nisbatan uzoq vaqt davomida kerakli efifekt hosil qilinadigan bolishi shart. Shuning uchun ishlatiluvchi muhitlar katta issiqlik sig‘imiga (suv, balchiq) yoki fazoviy o’tish solishtirma issiqligi (parafin, muz)ga ega bo‘lishlari kerak. Ikkinchidan, bevosita teri ustiga yopiladigan muhitlar og‘riq sezdirmasligi kerak. Bu hol bir tomondan olingan muhitlar haroratini cheklab qo‘yadi, ikkinchi tomondan issiqlik sig‘imi kam bo’lgan muhitlarni tanlashga majbur etadi. Masalan, davolash uchun ishlatiladigan suvning harorati 45°C gacha torf va balchiqning harorati 50°C gacha bo’ladi, chunki bu muhitlarda issiqlik almashinuvi (konvensiya) suvdagidan kam bo’ladi. Parafin 60-70°C gacha isitiladi, chunki uning issiqlik o’tkazuvchanligi katta emas, teriga tegib turgan qismi esa tez sovub ketib kristallanadi — bu kristallar esa uning qolgan qismlaridan keluvchi issiqlik oqimini o`tkazmaydi.
Davolash maqsadida sovituvchi muhit sifatida muz ishlatiladi.
Keyingi yillarda past haroratlardan meditsinada yetarlicha keng ko’lamda foydalanilmoqda.
Davolash maqsadida a’zolarning bir joyini yoki qismini kesib olib boshqa joyga o'rnatish va u bularning normal ishlashi, tirik organizm o’z ish faoliyatini yetarlicha uzoq vaqt saqlashi uchun bu a’zolar past haroratda konservatsiya qilinadi. Kriogen usulini muzlatish va eritish yo’li bilan to’qimalarni yemirishdan, tibbiyotchilar tomoq bezi, so’gal va shu kabilarni olib tashlashda ishlatishadi.
Bu maqsadda maxsus kriogenli apparatlar va kriozondlar yasaladi.
Anesteziya xossasiga ega bo’lgan sovuq yordamida asab kasalliklariga tegishli bo’lgan odam bosh miyasidagi ayrim hujayralar yadrosini yo’q qilishda ishlatiladi, masalan, parkinsonizmda shu usuldan foydalaniladi.
Mikroxirurgiyada nam to'qimalarning sovuq metall asboblariga yopishib qolishidan bu to’qimalami boshqa joyga ko’chirishda foydalaniladi.
Past haroratlarning tibbiyotda qollanilishi tufayli kriogen tibbiyotda krioterapiya, krioxirurgiya va shu kabi yangi terminlar yuzaga kelgan.
Dostları ilə paylaş: |