4.5-§. ISSIQLIK VA HAYOT
Issiqlik yoki temperatura, tirik organizmlarning faoliyatida muhim omillardan biri hisoblanadi. Xayot uchun zarur metabolik jarayonlar: xujayra bo'linishi, ferment reaksiyasi temperaturaga bog'liq. Xarorat 10 darajaga oshganda reaksiyalar 2 marta tezlashadi.
Suv – tirik organizmlarning muxim tarkibiy qismi bo'lgani uchun, unda kechadigan metabolik jarayonlar nisbatan qisqa temperaturalar oralig'ida ro'y beradi (2°C dan 120°C gacha). Faqat eng oddiy tuzilgan organizmlar ushbu diapozon chegaralarida yashay oladi.kattamasshtabdagi xayot tizimlari yanada tor diapozondagi temperaturalarda chegaralangan.
Ko'pchilik xayot tizimlari, o'simliklar va xayvonlar faoliyati temperaturaning mavsumiy o'zgarishlariga bog'liq. Reptiliyalarda sovuq sharoitda xayotiy jarayonlar deyarli batomom to'xtaydi. Issiq quyoshli kunda ular tana temperaturasini pasaytirish uchun soya joy qidiradilar.Харбирхайвондатурли metabolik jarayonlar amalga oshishi uchun optimal daraja bor. Issiq qonli xayvonlar (sut emizuvchilar va qushlar) ichki temperaturani deyarli doimiy darajada ushlab turish usullarini rivojlantrishgan. Natijada issiq qonli xayvonlar tashqi temperaturaning keng diapozonlarida optimal darajadat faoliyat yurita oladilar. Temperaturani sozlash qo'shimcha energiya sarfini talab qilsada, erishilgan moslashuvchanlik shunga arziydi.1
4.6-§. TERMOMETRIYA VA KALORIMETRIYA
Haroratni aniq o'lchash — ilmiy-tadqiqot va texnik ishlaming, shu bilan bir qatorda tibbiy diagnostika va biologiyaning ajralmas qismidir.
Ma’lum haroratlar diapazoni juda keng. Hozirgi paytgacha hosil qilingan eng past temperatura 2·105К ga yaqin. Erishilgan haroratlarning yuqori chegarasi hech nima bilan cheklanmagan. Yer sharoitida eng yuqori haroratga vodorod bombasining portlashida erishilgan bo‘lib, u taxminan 108К teng.Spektroskopik ma’lumotlarga asosan yulduzlar bag‘rida harorat 109К va undan ham yuqori bo‘lishi mumkin.
Biologik sistemalar o‘zining ishlab turish imkoniyatini saqlagan holda, juda qisqa yoki uzoq muddatda bo‘lish mumkin bo‘lgan va uni o‘rab turgan atrof-muhitning haroratlar intervali ancha qisqa. Bu haroratlar diapazoni uncha katta emas, tirik organizmlarning aktiv ish faoliyati holatida taxminan 0 dan to 90°C gacha bo‘ladi.
Keng diapazondagi haroratlarni olish va o’lchash usullari turlichadir. Haroratlarni o’lchash usullari va u bilan bog’liq bo’lgan masalalarni o’rganuvchi fizikaning amaliy sohasiga termometriyadeyiladi.
Ma’lumki, harorat bevosita o’lchanishi mumkin emas. Uni aniqlash uchun harorat shkalasini belgilab olish: termometrik moddani va harorat bilan bog’lanuvchi fizik xossani (termometrik xossani) tanlash, sanoq boshi nuqtasini va harorat birligi haqida kelishib olish lozim. Buning uchun odatda ikkita fazaviy o’tishlarga, masalan, ma’lum tashqi sharoitlarda muzning erishiga va suvning qaynashiga mos bo’lgan asosiy haroratlar (reper nuqtalarini) tanlanadi. Bu nuqtalar orasidagi shkala qismi asosiy interval deb ataladi. Hisoblashning boshi deb reper nuqtalaridan biri (masalan, 0°C -muzning erish harorati) qabul qilinadi. Harorat birligi qilib asosiy interval ulushi olinadi. Jumladan, Selsiy shkalasida 1 gradus asosiy intervalning 0,01qismini tashkil etadi.
Haroratlar shkalasi termometrik xosasi yoki moddasi bo’yicha farq qiladi.
Bir-biridan aytarli darajada farq qiluvchi juda ko’p shkalalarni tuzish mumkin, lekin xossalarining hech biri harorat bilan qat’iyan chiziqli bog’lanishda bo’lmaydi va bundan tashqari moddaning tabiati bilan belgilanadi.
Barcha emperik shkalalarning kamchiligi ularning termometrik modda xossalariga bogiiqligidadir. Xossalari va moddasi bilan bog’liq bo’lmagan shkala faqat termodinamikaning ikkinchi qonuniga asosan qurilgan va absolut termodinamik haroratlar shkalasi deb ataladi. Uning reper nuqtasi qilib suvning uchlanma nuqtasi 273,16К qabul qilingan. Bu shkala Karno sikli yordamida aniqlanadi. Bu sikldagi muzning erish harorati T0va suvning qaynash harorati Tga mos holidagi izotermik jarayonda Q0va Qissiqlik miqdorini o’lchab, quyidagini topish mumkin:
Ts/T0=Qs/Q0.
ixtiyoriy harorat uchun shunga o’xshash
T/T0=Qs/Q0.
tenglamani yozish mumkin. Bu yerda Q — sistemaga — haroratdagi izotermik jarayonda berilgan issiqlik miqdori. Bu yo‘sinda joriy etilgan haroratni termodinamik harorat deyiladi.
Termodinamik harorat birligi kelvin (K) hisoblanib, u suv uchlanma nuqtasi termodinamik haroratning 1/273,16 ulushiga teng. Kelvin temperatura intervalbirligi sifatida, absolut nol bilan suvning uchlama nuqtasi orasidagi termodinamik harorat intervalining 1 /273,16 qismini oldi.
Istalgan emperik shkala shu modda termometrik xossasining haroratga bog’lanishini hisobga oluvchi tuzatmalar kiritish vositasi bilan absolut termodinamika shkalasiga aylantiriladi.
Harorat qiymati termometrik modda biror xossasining kattaligi bo'yicha belgilangani uchun uni o’lchash hajm, bosim, elektrik, mexanik, optik, magnit va shunga o‘xshash fizik parametrlarni o’lchashdan iborat. Haroratni olchash usullarining xilma-xil bo’lishi foydalanuvchi termometrik modda va xossalar sonining ko'pligi bilan bog’liqdir.
Termometr haroratni o’lchaydigan qurilma bo’lib, termometrik xossani amalga oshiruvchi sezgir elementdan (dilatometr, manometr, galvanometr, potensiometr va hokazodan) iborat. Haroratni olchashdagi zarur shart harorati o’lchanayotgan jism bilan sezgir element orasida issiqlik muvozanatining yuzaga kelishidir.
O’lchanadigan haroratlar oralig‘iga qarab eng ko‘p tarqalgan termometrlarga suyuqlikli, gazli termometrlar, qarshilik termometri, termometr kabi ishlaydigan termopara va pirometrlar kiradi. Suyuqlikni termometrlarda hajm-termometrik xarakteristika bo’lib hisoblanadi, suyuqlik (idish odatda simobli va spirtli) esa sezgir element bo’lib hisoblanadi. Pirometrlarda termometrik xossa sifatida nurlanish intensivligidan foydalaniladi. Pirometrlaming boshqa termometrlardan prinsipial farqi shundaki, ularning sezgir elementlari jism bilan bevosita kontaktda bo’lmaydi. Pirometrlardan istalgancha yuqori haroratlarni olchashda qollaniladi.
O’ta past haroratlarni o‘lchashda termometrik modda sifatida paramagnetiklardan, o‘lchash xossasi sifatida esa ularning magnitlashining temperaturaga bog‘lanishidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |