Bilim sohasi



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə11/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

1.10 rasm. Egilish natijasida uzun naysimon suyak diafizining parchalanish sxemasi:

a,б-tashqi kuch vektorlari, в-siquvchi, г-cho‘zuvchi kuchlar.






1.11.rasm. Uzun naysimon suyakning to‘mtoq jism bilan ta’sir etilgandagi fragmentar sinishi sxemasi.(a)-bir xil ko‘ndalang kesimli,(b)-har xil ko‘ndalang kesimli.

1.3-§. BIOLOGIK TO‘QIMALARNING MEXANIK XOSSALARI

Material strukturasi uning mexanik xossalari va parchalanish jarayoni xarakterini aniqlovchi asosiy faktordir.Ko‘p biologik to‘qimalar anizotrop kompozitsion materiallar bo‘lib, ular kimyoviy jihatdan turlicha bo‘lgan komponentlarning hajmiy taqsimlanishi bilan shakllangan. To‘qima har bir turining tarkibi evolyusiya jarayonida shakllanib, u bajarayotgan funksiyalarga bog‘liq.



Suyak to‘qimasi. Suyak-tayanch-harakat apparatining asosiy materialidir. Inson skeletida 200 dan ortiq suyak mavjud. Skelet tananing tayanchi bo‘lib,harakat qilishga yordam beradi. Katta insonda skelet taxminan 12 kg ni tashkil etadi(umumiy og‘irlikning 18%).
Kichik suyak to‘qimasida hajmning yarmini neorganik material, suyakning mineral moddasi-gidroksilapatit tashkil etadi. Bu modda mikroskopik kristallar ko‘rinishida bo‘ladi. Suyak hajmining boshqa qismi organik material,asosan kollagendan iborat.U yuqorimolekulyar birikma bo‘lib, yuqori elastiklikka ega bo‘lgan tolali oqsildir.
Suyak to‘qimasining mexanik xossalari ko‘p faktorlarga bog‘liq: yoshga, kasallikka, o‘sishning individual sharoitlariga. Normada suyak to‘qimasining zichligi 2400 kg/m3, uning Yung moduli esa E=100MPa, nisbiy deformatsiya 1% gacha boradi.
Deformatsiyaning turli xillarida suyak turlicha o‘zgaradi. U siqishga cho‘zilish yoki egilishdan ko‘ra ko‘proq bardosh beradi.Son suyagi bo‘ylama yo‘nalishda 4500N, egilishda 2500N kuchni ko‘tara oladi. Tirik suyak temir betondan 5 marta mustahkamroq. Son suyagi normal inson og‘irligidan 25-30 marotaba ko‘proq og‘irlikka bardosh bera oladi.
Suyaklarning mexanik xususiyatlari ular deformatsiya bo‘lganida pezoelektrik effekt paydo bo‘lishida ham namoyon bo‘ladi. Agar suyak bo‘lagining bir tomonini biriktirib qo‘yib egsak, deformatsiya zonasida qarama-qarshi tomonlar orasida potensiallar farqi paydo bo‘ladi.Suyakning botiq qismida manfiy zaryadlar bo‘ladi (1.12 Rasm)








Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin