Bilim sohasi



Yüklə 408,94 Kb.
səhifə13/101
tarix24.12.2023
ölçüsü408,94 Kb.
#191366
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101
Bilim sohasi-www.hozir.org

1.13 rasm. Silliq mushaklarning harakati o’rganuvchi Maksvell modeli

Hayot faoliyati jarayonida mushaklar ashqi kuchlar ta’siriga moslashadi. Lekin ularda kuchlanishning saqlanishi to‘xtovsiz energiyani talab etadi.Energiyaning kamayishi mushaklarning charchashiga olib keladi. Faqat hushdan ketish va o‘lim mushaklardagi jarayonlarning to‘xtashiga sabab bo‘lishi mumkin.


Qon tomirlarining xossalari. Qon tomirlarining mexanik xossalari asosan kollagen, elastin va silliq mushak tolalariga bog‘liq.Qon tomirlari to‘qimasining ushbu tashkil etuvchilarining miqdori butun qon oqish sistemasi bo‘ylab o‘zgarib turadi. Yurakdan uzoqlashgan sari silliq mushak tolalarining miqdori ortib, arteriolalarda ular tomirlarning asosiy tashkil etuvchisi bo‘lib xizmat qiladi.
Qon tomirlarining devorlari yuqori elastiklikka ega materialdan tashkil topgani tufayli ular deformatsiyalovchi kuch ta’sirida yuzaga keluvchi qaytuvchan o‘zgarishlarga chidamlidir. Deformatsiyalovchi kuch ortiqcha ichki bosim tufayli yuzaga keladi.
Tomir deformatsiyasini elastik silindrga ichidan ko‘rsatilayotgan bosim ta’siri natijasi sifatida ko‘rib chiqamiz.L uzunlikka, h-devorlar qalinligiga va r-ichki radiusga ega silindrik tomirning bir qismini qaraylik. Silindrning bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlari 1.14 rasmda tasvirlangan.
Tomirning ikkita yarmi o‘zaro silindr devorlari kesimlari orqali ta’sirlashadi (1.14 rasmdagi shtrixlangan qism). Tomirning ikkala yarmi ta’sirlashuvchi kesimnmning umumiy yuzasi 2hL ga teng. Agar tomir devorlarida σ mexanik kuchlanish mavjud bo‘lsa, ikkita qismning ta’sir kuchi quyyidagiga teng:
F=2hl (1.7)
Bu kuch silindrga ichidan ta’sir qiluvchi ortiqcha R bosim kuchlari bilan muvozanatlanadi(ular 1.14 b-rasmda strelkalar bilan ko‘rsatilgan). Kuchlar gorizontal tekislikka nisbatan turli burchaklar ostida yo‘nalgan. Ularning teng ta’sir etuvchisini topish uchun gorizontal proeksiyalarni yig‘ib chiqish kerak.







1.14 rasm. Silindrik tomirning o‘q bo‘ylab yo‘nalgan (a) va o‘qqa ko‘ndalang(b) kesimlari.

Lekin teng ta’sir etuvchi kuchni bosimni silindr yuzasining vertikal OO' tekisligiga bo‘lgan proeksiyasiga ko‘paytirib topish osonroq bo‘ladi.Bu proeksiya 2rL ga teng. Bu holda kuchni ortiqcha bosim orqali ifodalasak, quyidagiga ega bo‘lamiz:
F=P2rL (1.8)
1.7 va 1.8 formulalarni tenglashtiradigan bo’lsak 2hL=P2rL bundan
=Pr/h (1.9)
Bu ifoda Lame tenglamasi deb ataladi.


Yüklə 408,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin