Bu yerda sinusoidal bo‘lmagan elektr kuchlanishni beruvchi U manba, yurakka o‘xshash, to‘g‘rilagich B—yurak klapani vazifasini bajaradi. Kondensator C yarim davrga teng bo‘lgan vaqt davomida zaryadni to‘plab, so‘ng rezistor R orqali zaryadsizlanadi va shu yo‘sinda rezistor orqali oqib o‘tayotgan tok kuchi silliqlanadi. Kondensatorning ish faoliyati elastik rezervuar (aortalar, arteriyalar) nikiga o‘xshash bo‘lib, arteriolalarda va kapillyarlarda qon bosimi o‘zgarib turishlarini silliqlash vazifasini bajaradi. Rezistor esa chetki qon tomirlari sistemasining elektrik analogiyasi hisoblanadi.
Tomirlar yo‘li fazoda taqsimlangan sistema hisoblanadi degan faktni hisobga olish uchun qon tomirlari yo‘lining yanada aniqroq modeli ko‘p miqdordagi elastik rezervuarlardan foydalanilgan. Qonning inertsial xossalarini hisobga olish uchun model qurishda aortaning yuqoriga yo‘nalgan va pastga yo‘nalgan tarmoqlarini modellovchi elastik rezervuarlar turlicha elastiklikka ega bo‘ladi deb taxmin qilinadi. Elastikligi turlicha bo‘lgan ikkita rezervuardan va rezervuarlari orasidagi gidravlik qarshiligi har xil bo‘lgan noelastik zvenolardan iborat Roston modeli 3.4-rasmda tasvirlangan. Bunday modelga 3.5-rasmda tasvirlangan elektr sxemasi mos keladi. Bu erda tok manbai P(t) bosimning analogi bo‘lgan pulsatsiyalovchi U(t) kuchlanishni uzatadi: C1 va C2 sig‘imlar k1 va k2 elastiklikka; R1, R2 va R3 elektr qarshiliklari X1, X2 va X3 gidravlik qarshiliklarga; I1 va I2 tokkuchlari qonning qochishi tezliklari Q1 va Q2 ga mos keladi.
Bunday model ikkita birinchi tartibli diferentsial tenglamalar sistemasi yordamida tavsiflanadi, ularning yechimini esa birinchi va ikkinchi kameralarga mos keluvchi ikkita egri chiziq beradi.
Ikki kamerali model tomirlarda yuz beradigan jarayonlarda oqimni yaxshiroq tavsiflab beradi, lekin u diastolalar boshidagi bosim o‘zgarishlarini (tebranishlarini) tushuntirmaydi.
Bir necha yuzlab elementlardan tashkil topgan moddalar parametrlari bilan taqsimlangan modellar deyiladi.