3.2-§. PULS (TOMIR URISHI) TO‘LQINI
Yurak muskullarining qisqarishida (sistola) qon yurakdan aortaga va undan tarqalib ketuvchi arteriyalarga siqib chiqarila boshlaydi. Agar bu tomirlar devorlari qattiq bo‘lganda edi, qonning yurakdan chiqishi vaqtida vujudga kelgan bosim tovush tezligida chekkadagi qismlarga uzatilgan bo‘lar edi. Qon tomirlarining elastikligi shunga olib keladi-ki, sistola vaqtida yurak itarib chiqarayotgan qon aorta, arteriya va arteriolalarni cho‘zadi, bunda katta qon tomirlari sistola vaqtida markazdan chetdagi qismlarga oqib boradigan qonga nisbatan ko‘p qonni qabul qiladi. Odamning sistolik bosimi normada taxminan 16 kPa ga teng. Yurakning bo‘shashishi (diastola) vaqtida cho‘zilgan qon tomirlari pasayadi (bo‘shashadi) va yurakning qon orqali ularga uzatgan potentsial energiyasi qonning oqishidagi kinetik energiyasiga aylanib, distolik bosimning taqriban 11 kPa atrofida tutib turilishiga yordam beradi. Sistolalar yuz berishi davrida qonning chap qorinchadan itarib chiqarilishi tufayli yuzaga kelgan va aorta hamda arteriyalar orqali tarqaluvchi yuqori bosimli to‘lqinga puls to‘lqini deyiladi.
3.6-rasm Arteriyaning yon tomonidan
sxematik ko‘rinishi
Puls to‘lqini 5-10 m/s va undan ortiqroq tezlik bilan tarqaladi. Demak, sistola davrida (0,3 s atrofida) u 1,5-3 m. masofaga tarqalishi lozim, bu masofa esa yurakdan qo‘l va oyoqlargacha bo‘lgan masofadan ortiqroqdir. Bu shuni bildiradiki, puls to‘lqini fronti qo‘l va oyoqlarning oxirgi nuqtalariga aortada bosimning pasayishidan oldin yetib boradi. Arteriyaning yon tomonidan sxematik ko‘rinishi 3.6-rasmda ko‘rsatidgan: a — puls to‘lqini o‘tgandan so‘ng, b — arteriya orqali puls to‘lqinining o‘tish payti, v — arteriyada puls to‘lqini mavjudligi, g — ko‘tarilgan bosimning pasaya boshlashi.
Katta arteriyalardagi puls to‘lqiniga qon oqishining pulsatsiyalangan tezligi mos keladi, ammo qonning tezligi (eng katta qiymati 0,3-0,5 m/s) puls to‘lqini tarqalish tezligidan sezilarli darajada kichikdir.
Yurak ishi to‘g‘risidagi umumiy tushunchalardan va modellarda o‘tkazilgan tajribadan ma’lum bo‘lishicha puls to‘lqini sinusoidal (garmonik) bo‘la olmaydi. Puls to‘lqini har qanday davriy jarayon kabi garmonik to‘lqinlarning yig‘indisi kabi ko‘rsatilishi mumkin. Shu sababli p
Dostları ilə paylaş: |