2. Noto`g`ri ta’rif qaysi qatorda berilgan? A) III shaxsda zamon qo`shimchalari shaxs ma’nosini ham ifodalaydi.
B) –ish qo`shimchasi rang-tus sifatlariga qo`shilganda ozaytirma daraja hosil bo`ladi.
C) qatorasiga so`zi holat ravishi hisoblanadi.
D) aniq otlar ta’kidlash ma’nosini ifodalash uchun –lar qo`shimchasini olishi lozim.
3. Jamlik ma’nosini ifodalaydigan qo`shimchalar qo`shilmaydigan son ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Axir o`n ikki yashar ukasini ko`rmaysizmi, shu yoshda uloq chopmoqchi?
B) Uch nevarasini yetaklagan Anzirat buvi qishloq oqsoqolining oldiga bordi.
C) Fudbol o`yinida hisob 3:1 bo`lib, O`zbekiston terma jamoasi g`alaba qozondi.
D) To`rtko`z bizdan o`n qadamcha narida yugurgilab ketayotgandi.
4. Yetakchi fe’lning zamon shakllaridan so`ng keladigan fe’llar bu- … A) ko`makchi fe’llar hisoblanadi.
B) to`liqsiz fe’llar hisoblanadi.
C) mayllar hisoblanadi.
D) sodda yasama fe’llar hisoblanadi.
5. –ki qo`shimchasi haqida bildirilgan xato fikrni aniqlang. A) –ki narsa oti yasovchi qo`shimcha hisoblanib, narsa ma’nosini bildiradi.
B) –ki sifat yasovchi qo`shimcha bo`lib, o`ringa xos belgini bildiradi.
C) –ki ot yasovchi qo`shimcha hisoblanib, payt ma’nosini ifodalaydi.
D) –ki xoslik ma’nosini bildiruvchi sifat yasovchi qo`shimcha emas.
6. –qina qo`shimchasi vazifaviy jihatdan qo`shimchaning qaysi turiga kiradi? A) shakl yasovchi qo`shimcha. B) so`z yasovchi qo`shimcha.
C) otlarning kichraytirish shakli qo`shimchasi. D) bunday qo`shimcha yo`q.
7. Quyidagi javoblarning qaysi birida ham o`timli, ham o`timsiz fe’llar berilgan? A) uxlamoq, so`roqlamoq B) qaramoq, yozmoq
C) joylashmoq, bajarmoq D) joylashtirmoq, qaradi
8. Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. Mazkur gapda sifatning tuzilishiga ko`ra qaysi turi qatnashgan? A) Sodda B) Qo`shma C) Juft D) Takroriy