23. Mening bu voqeadan xabardorligimni unga ayta ko‘rma. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar kuzatiladi? 24.a yoki iunlisi bilan tugagan fe’l asoslariga qaysi qo‘shimcha qo‘shilsa a unlisi o ga, iunlisi u ga aylanadi va shunday yoziladi? 25. O`zbek folklorining maxsus turlarini yozib bering. BILIMLAR BELLASHUVINING II (TUMAN) BOSQICHI UMUMTA’LIM MAKTABLARINING
7-SINFLARI UCHUNONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TEST
I VARIANT
1. Ilm-hunardan bahramand bo`lgan kishi barkamol insondir. Mazkur gapda qo`Ilanilgan sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha to`g`ri belgilangan javobni aniqlang. A) -dan, -dir. B) -mand, -gan. C) -bor, -dir. D) -gan, -dan.
2. Tursunoy bilan bir sinfda o`qiymiz. Mazkur gapdagi so`zlarga qo`shilgan lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchalar belgilangan to`g`ri javobni aniqlang. A) -da, -y. B) -oy C) -oy, -da. D) -da, -miz
3. -Bedanalarni qo`yib yuboraylik, uchib ketishsin, bizni duo qilishadi. -Ushbu gapdagi fe'l shakllarining qo`shimchalari turini aniqlang. A) Nisbat qo`shimchalari. B) So`z yasovchi qo`shimchasi C) Mayl qo`shimchalari. D) Mayl va shaxs-son qo`shimchalari.
4. Qaysi qo`shimchalar bog`lamalar deb yuriladi? A) egalik qo`shimchalari B) kelishik qo`shimchalari
C) –man, -san, -dir qo`shimchalari D) ko`plik qo`shimchalari
5. Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo`llangan 3-shaxs egalik qo`shimchalari qanday ma’noni ifodalaydi? A) xoslik B) umumdan ajratilgan C) qarashlik D) umumdan ajratilgan, xoslik
6. Bobur bog`i, Orol dengizi kabi birikmalarda nima sababdan oldingi qisimda qaratqich kelishik qo`llanmaydi? A) chunki bu birikmalardagi 3-shaxs egalik qo`shimchasi qarashlik ma’nosini bildirayotganligi uchun
B) chunki bu birikmalardagi 3-shaxs egalik qo`shimchasi xoslik ma’nosini bildirayotganligi uchun
C) chunki bu birikmalardagi 3-shaxs egalik qo`shimchasi umumdan ajralganlik ma’nosini bildirayotganligi uchun
D) 3-shaxs egalik qo`shimchasi xoslik, 3-shaxs egalik qo`shimchasi umumdan ajralganlik ma’nosini bildirayotganligi uchun