Ongning yana bir unsuri(elementi) xilma – xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan kechinmalardir. Ularda in’ikos obyektiga bo‘lgan munosabat gavdalanadi. Bilimlarimizning chuqurligi va ko‘lamliligi, hissiyotlarimizning namoyon bo‘lishi yoki bo‘lmasligi orzu-intilishimiz – irodamizga bog‘liq. Iroda kuchi olamni anglash jarayonida yuzaga keladigan har qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga, ko‘zlangan maqsad yo‘lida tinmay harakat qilishga yo‘l ochadi.
Til - muayyan belgilar tizimi demakdir.. Tibbiyot ilmida til bu ikkinchi signallar tizimi deb yuritiladi. Ijtimoiy ong - tabiiy va ijtimoiy voqyelikning in’ikosi, jamiyatning muayyan davriga yoki qismiga tegishli bo‘lgan muayyan umumiy his-tuyg‘ular, kayfiyatlar, qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar majmuidir.
Individual ong- muayyan, guruh, elat, millatga mansub bo‘lgan ayrim kishining ongi bo‘lib, jamiyatdagi voqyeylik va real borliqning alohida olingan shaxsning ongida aks etishdir.
Ijtimoiy va individual ongning mohiyatini chuqurroq anglash uchun ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni tushunib olish maqsadga muvofiqdir.