Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti
Hozirgi zamon fanlarida ilmiy bilishning quyidagi metodlari mavjud:kuzatish va eksperiment, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish, tarixiylik va mantiqiylik, ideallashtirish, modellashtirish va shu kabilar. Ilmiy bilishning bu metodlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular bilishning qaysi bosqichi va qaysi darajasida qo‘llanishi, o‘zlarining tabiati va xarakterlari bilan bir-birlaridan farq qiladi. Biz bu metodlarning har biri bilan alohida alohida tanishib chiqamiz.