Hukm — predmetga maʼlum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasli-gini ifodalovchi tafakkur shakli. Hukm nisbatan tugal fikr boʻlib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim ifodalanadi. Hukmlar toʻgʻri yoki xato yoxud noaniq boʻlishi mumkin. Hukmlar obyektiv voqelikka mos kelsa toʻgʻri , mos kelmasa xato hisoblanadi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab boʻlmaydigan Hukmlar noaniq Hukmlar deyiladi.

Xulosa chiqarish - tafakkurning asosiy mantiqiy shakllaridan biri. Unda mantiqning maʼlum qoidalari yordamida bir yoki bir necha hukm (asos)dan yangi hukm chiqariladi. Xulosa chiqarish chin asoslarga tayansa va toʻgʻri mantiqiy fikrlardan foydalansa, u vaqtda chiqarilgan xulosa ham chin boʻladi. Bu prinsipga amal qilmaslik Xulosa chiqarishda xatoga olib keladi. Masalan, "hamma mustaqil davlatlar BMT ga aʼzo" va "Oʻzbekiston mustaqil davlat" degan chin asoslardan mantiqiy qoidalarga rioya qilingan holda "Oʻzbekiston BMT ga aʼzo" degan toʻgʻri xulosa kelib chiqadi. Voqelikni bilish jarayonida yangi bilimlarni hosil qilishning — Xulosa chiqarishning turli usullari mavjud. Asoslarining soniga koʻra, bevosita va bilvosita Xulosa chiqarish, xulosaning chinlik darajasiga koʻra, zaruriy va ehtimoliy Xulosa chiqarish, fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra, deduktiv, induktiv va analogiya kabi turlarga boʻlinadi. Xulosa chiqarishni fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra turlarga ajratish nisbatan mukammalroq boʻlib, u Xulosa chiqarishni boshqa turlari haqida ham maʼlumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv Xulosa chiqarish zaruriy Xulosa chiqarish deb, induktiv Xulosa chiqarish va analogiya ehtimoliy Xulosa chiqarish deb qaralishi, bevosita Xulosa chiqarish esa deduktiv Xulosa chiqarishning bir turi sifatida oʻrganilishi mumkin.