Bino elementlari


Sanoat binolarida parda devorlar



Yüklə 342,11 Kb.
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü342,11 Kb.
#158496
1   2   3
BINO ELEMENTLAR1

2.Sanoat binolarida parda devorlar.
Parda devorlarni to’suvchi va ajratuvchi turlarga bo’linadi. To’suvchi parda devorlar omborlarni bo’lishda, idoralarni va yordamchi xonalarni bir-biridan ajratishda qo’llaniladi. Bunday parda devorlar shift qismiga yetmagan bo’ladi. Ularni temirbeton, metall va yog’och materiallaridan yig’iladigan ya’ni qismlarga ajratiladigan qilib tayyorlanadi. Ularning balandliklari 2,2 metrdan 3 metrgacha bo’lib, eni esa 500mm dan oshib boruvchi o’lchamlarga teng bo’ladi .
ishlatiladigan ust quyma; 2 – vint; 3 – burchaklardan qilingan shit belbog’i; 4 – sim to’r; 5 – belbog’ simi; 6 – po’lat list; 7 – anker bolti; 8
– ustun.
Ajratuvchi parda devorlarni zararli tutun, chang ajralishi bilan bog’liq bo’lgan shovqinli ishlab chiqarish uchastkalarini boshqa uchastkalardan ajratish uchun (izolyatsiya qilish uchun) o’rnatiladi. Ular g’isht, blok, yig’ma temir beton panellardan o’rnatilib, tom shiftigacha bekitiladi.

3.Sanoat binolarining darvoza konstruksiyalari.
Darvozalar transport vositalarini kirib-chiqadigan joylarda tashqi devorlarda ko’zda tutiladi. Darvozalarning konstruktsiyasi va turlari transport vositalarining harakteriga, gabarit va asbob-uskunalar katta-kichikligiga bog’liq bo’ladi. Ochilib – yopilishiga ko’ra darvozalar tovaqali, ikki yoki bir yoqqa surilib ochiladigan, ko’tarilib ochiladigan va shtorasimon bo’lishi mumkin (2.59-rasm). Ashyosiga ko’ra darvozalar yog’ochdan, metall sinchli yog’ochdan va butunlay metalldan bo’ladi (2.60-rasm).

darvozalarining asosiy turlari.
a – tovaqali; b,v – surilib ochiladigan; g – ko’tarilib ochiladigan; d – ko’tarilib bukiladigan; ye – yig’iladigan.
Sanoat binolari darvozalari o’rni 600mm farqi bilan quyidagicha to’ldiriladi: 2,4x2,5; 3,0x3,0; 3,6x3,6; 3,6x4,2; va 4,8x5,4 metr.
Ayrim sanoat binolarida darvoza o’rni bir necha o’n metrgacha bo’lishi mumkin (samoyolt yig’uv tsexi, angarlar va hokazo). Darvozalarning ochilishi qo’lda yoki mexanizmlar yordamida amlaga oshiriladi.
Sanoat binolari eshiklarining ashyosi metalldan, yoki oynadan bo’lishi mumkin. ularning o’lchamlari eniga 1,0; 1,5 va 2,0 metr, balandligi esa 1,8; 2,0; 2,3 va 2,4 metr qilib olinadi.

Bunday eshiklar kengligi evakuatsiya shart sharoitlarini hisobga olib tanlanadi.
Sanoat binosi darvozasining konstruktsiyasi.
Ish maydonchalari tsex ichidagi texnologik asbob – uskunalar bilan ishlashda ma’lum qulayliklar yaratish uchun mahsus maydonchalar quriladi.
Maydonchalar to’sin, yopma plitalar va to’siqlardan iborat bo’ladi. Ularni mahsus ustunlarga yoki tayanchlarga montaj qilinadi, ularning ashyosi metalldan, yig’ma va quyma temirbetondan bo’lishi mumkin.


Xulosa.
Qurilish mahsulotining sifati uni yaratishning uch bosqichida shakllanadi:
-loyihalash;
-konstruktsiyalar, buyumlar va uskunalarni tayyorlash;
-qurilish montaj ishlarini amalga oshirish.
Qurilish maxsuloti sifatini qo’tarishda loyiha asosiy o’rin tutadi. Loyihaning progressiv yechimiga yaratilayotgan asosiy fondlar, mahsulotlar tannarxi, foyda rentabelligi, mehnat sharoiti va unumdorligi bevosita bog’liq. Binobarin, sanoat fondi sifatini va samaradorligini yetarli darajada yangi korxonalar loyihalarini yaratish va amaldagilarini qayta ta’mirlash bosqichida oldindan aniqlanadi. Loyihalarada korxonalarning iytisodiy samaradorligiga dastlabki poydevori qo’yiladi.
Loyiha yechimining samaradorligiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri loyihaning texnologik va qurilish qismlari bog’liqligi hisoblanadi.
Mamlakat xalq xujaligi rivojlanishining hozirgi bosqichi inson faoliyati muxitini shakllantirish ob’ektlariga yuqori talablar qo’yilishi bilan harakterlanadi. Bu to’la ma’noda sanoat binolariga tegishlidir.
Sanoat binolari shahar tizimida yoki tabiat landshaftida joylashib, ularning funktsional tizimida faol ishtirok etadi.
Sanoat binolarining o’zigi xos tomoni shundaki ularda yaratilgan hajm va muhit insonning psixifiziologik talablarini va texnologik jarayon sharoitlari muvofiq kechishlarini ta’minlash shartlarini qanoatlantirish kerak.
Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimi uning funktsional vazifasi va unda sodir bo’ladigan texnologik jarayonning injener-texnik ta’minoti harakteri bilan belgilanadi. Bunda binoning turi, qavatliligi, geometrik parametrlari, konstruktsiyaga bo’lgan zo’riqishlari aniqlaniladi.
Ishchilar sog’ligini saqlashda va ular mehnatining samaradorligini oshirishda qulay, havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish tsexlarining intererini majmuali arxitekturaviy-badiiy loyihalash muhim rol o’ynaydi.


Yüklə 342,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin