Bino va inshootlar qurilishi tem iryo



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

Tovush bosimi darajasi 
— shovqinlarning ruxsat etilgan darajasini 
bildiradi va «Qurilish m e’yorlari va qoidalari» da (QMQ) belgilanadi. 
Tovush bosimi turli chastotalarda detsibellarda (dB) oMchanadi. QMQ da 
ruxsat etilgan shovqin darajasi quyidagicha: odamlar gaplashishi zarur 
boMgan ishlab chiqarish xonalarida 80-85 dB, ma’muriy binolarda 38-71 
dB, kasalxona va dam olish uylarida 13-51 dB. Qurilish buyumlari akustik 
xossalari tovush yutish koeffitsiyentining o‘rtacha arifmetik miqdori bilan 
ifodalanadi (14.1 -jadval).
239


14.1-jadval
C h astotalar klassifikatsivasi
Chastota diapazoni
nomi
Chastota diapazoni
belgisi
Chastotalar o‘rtacha
arifmetik miqdori, Hz
Past chastotali
N
6 3:125;250
0 ‘rtacha chastotali
S
500;1000
Yuqori chastotali
V
2000; 4000;8000
Tovush yutuvchi materiallar
- strukturasi jihatidan quyidagicha 
boMadi: g‘ovak-tolasimon (mineral va shisha-paxta), g ‘ovak-yacheykali 
(yacheykali beton, perlit), g ‘ovak-gubkasimon (ko‘pikplast, rezina, 
kauchuk). Akustikmateriallarnisbiysiqilishibo‘yichaqattiq, bikr, yarimbikr 
va yumshoq skeletli turlarda boMadi. Yarimbikr va yumshoq akustik 
materiallar o ‘zininig xususiy elastik deformatsiyasi hisobiga tovushni 
ko‘proq yutish xususiyatiga ega bo‘ladi. Bikr akustik materiallariga yengil 
betonlar, fibrolit, ksilolit va shu kabilar kiradi. Mineralpaxta, shisha-paxta 
va polimer plitalar, yog‘och-tolali plitalar va asbestli materiallar yarim 
bikr skeletli buyumlar sanaladi. Poliuretan poroplasti, polivinilxlorid
ko‘pikplastlar yumshoq skeletli akustik materiallar qatoriga kiradi.
Akustik materiallar yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan 
turlarga bo‘linadi. Ular shakliga va ko‘rinishiga nisbatan donali (bloklar, 
plitalar), o ‘rama (matlar, polosali qistirmalar), titilgan (paxta, o ‘simlik 
momig‘i) va sochiluvchan (keramzit, vermikulit, perlit, domna shlaki). 
Akustik m ateriallar namli va biologik aktiv muhitlarga bardoshli va 
sanitariya-gigiyena talablarini qoniqtirishi maqsadga muvofiq.
Akustik buyumlar ishlatilish sohasiga, strukturasi va xossalariga ko‘ra 
tovush yutuvchi hamda tovush izolyatsiyasi turlariga boMinadi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin