Biofizika



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə19/54
tarix17.05.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#114998
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Биофизика маърузалар матни Позилов

T = I/Io (x100%)
qiymat yorug’lik o’tkazish koeffitsienti deb ataladi.


Yorug’likning yutilish qonunlari, yutilish s’ektri.
Fotolyuministsentsiya moda tomonidan yutilgan nur kvanti bir qismining nurlanish tarzida sochilishini ifodalaydi. Yoruglik oqimining yutilishi Buger –Lambert konuni va Ber konuni asosida boradi.

  1. Buger-Lambert qonuniga ko’ra :

Bir jinsli rangli muhitning o’zgarmas qalinlikka ega har bir yu’qa qatlami undan o’tadigan monoxromatik nurning faqat mahlum bir qisminigina yutadi.
2. Ber qonuni:
Ber qonuni bo’yicha berilgan yu’qa qatlam tomonidan yutilgan nur intensivligi yutuvchi molekulalar kontsentratsiyasiga ‘ro’ortsionaldir. Ushbu qonunlarning yig’indisi quyidagicha ifodalanib, Buger-Lambert- Ber qonuni deb ataladi.


Buger-Lambert- Ber qonuni
I = Io´ e-eSl ,
Yoki
lg(Io/I) = lg(1/T) = D = eSl,
bu yerda: D – o’tik zichlik, yoki ekstinktsiya (nur yutish);
S - kontsentratsiya (molg’/l);
l – kyuveta qalinligi (sm);
e - molyar ekstinktsiya koeffitsienti (M-1sm-1 o’lchamga ega),
S = 1 molg’/l va l = 1 sm da D = e ga teng bo’ladi.
e - molyar ekstinktsiya koeffitsienti modda kontsentratsiyasi bilan o’zgarmaydi, lekin moddalar tabiatiga va yutilayotgan yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liq bo’lib, «moddaning ‘as’ort xarakteristikasiga» doir belgilar jumlasiga kiradi.


Buger-Lambert- Ber qonuni moddaning kontsentratsiyasi bilan o’tik zichligi urtasidagi chizikli munosabatni aks ettiradi va shuning uchun u analitik maksadlarda keng kullaniladi. T va D kattaliklar urtasidagi aloka shundaki, masalan, tinikligi T=0,01 (yoki 1%)ga teng eritmaning o’tik zichligi D=2 ga teng. T=10% bulsa, D=1 ga teng buladi.

Ekstinktsiya koeffitsienti monoxromatik nurning tulkin uzunligiga bog’liq, yahni e (l) bo’lib, aynan mana shu bog’liqlik yutish s’ektri deb ataladi. CHunki, modda kontsentratsiyasi -C va yutilish qalinligi – l, nur to’lqin uzunligiga bog’liq bo’lmaganligi uchun, D -ning l-ga bog’liqligi- D(l) ham, yutish s’ektri deb ataladi.


Yutish s’ektrlari s’ektrofotometrlarda ulchanadi. S’ektrofotometr, yutuvchi moda eritmasi orkali utgan nur intensivligini, erituvchi orkali utgan nur intensivligi bilan solishtirishga asoslanib ishlaydi.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin