BIOGAZ VA BIOENERGETIKA
11-MA’RUZA
Bioenergiya. Energetik maqsadlar uchun biomassalardan foydalanish.
REJA:
11.1. Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi.
11.2. Bioyoqilg’ilarni avlodlarga bo’linishi.
11.3. Bioenergiya asosiy afzalliklari va kamchiliklari
11.1. Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi.
Bioenergiya energetika sohasida bioyoqilg'idan energiya ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan soha bo'lib, uning yordamida elektr energiyasi va issiqlikni ishlab
chiqariladi.
Biogaz
deyarli
arzon
ekologik
yonilg‘i hisoblanib, chorvachilik,
parrandachilikni qattiq va suyuq chiqindilaridan hamda o‘simliklar va oqar suvlarda
hosil bo‘ladigan qoldiqlardan olinadi.
O‘z xususiyatlari bo‘yicha biogaz tabiiy gazga yaqin.
Biogaz tabiiy gaz kabi quyidagi jarayonlarda ishlatilishi mumkin:
• ovqat tayyorlash;
• elektr va issiqlik energiya (issiq suv va uy-joylarni isitish);
• avtomobil yonilg‘isi sifatida.
Biogaz ishlab chiqarish jarayoni qoldiqlaridan yuqori sifatli go‘ng hosil
bo‘ladi.
Biogazni nafaqat mollari, parrandalari ko‘p bo‘lgan fermer xo‘jaliklarda, balki
xususiy xo‘jaliklarda ham olish mumkin. Agarda bir necha fermalar va xususiy
xo‘jaliklar bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lsa, chiqindilarni qayta ishlab chiqarishni
markazlashtirib tashkil etish va olingan biogazni ferma va xo‘jaliklarga quvurlar
orqali uzatish iqtisodiy foydaliroq bo‘ladi.
Biogaz olish uchun sanoat korxonalarda va qo‘lda ishlab chiqarilgan biogaz qurilmalardan
(BGQ) foydalaniladi (8.1-rasm). Sanoat va qo‘lda ishlab chiqarilgan qurilmalarning asosiy
farqi isitish maxsus tizimlarni mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirishda. Dunyoda
qurilmalarni ikkala turi ham keng tarqalgan. Masalan, Hindiston, Vetnam, Nepal va boshqa
mamlakatlarda ko‘pincha kichik (oilaviy) BGQ ishlatiladi. Ulardan olingan gaz, asosan,
ovqat tayyorlash jarayonida ishlatiladi. BGQlarning ko‘pchiligi Xitoyda joylashgan - 40
millionga yaqin, Hindistonda - 3,8 million, Nepalda - 20 ming kichik qurilmalar mavjud.
O‘rta va katta BGQ larning absolyut ko‘rsatkichlari, soni bo‘yicha ilg‘or 5-o‘rinni
Germaniya egallaydi (8 ming). G‘arbiy Evropada parrandachilik fermalarning yarmi
biogaz bilan isitiladi.
Dostları ilə paylaş: |