Biogaz va bioenergetika 11-ma’ruza bioenergiya. Energetik maqsadlar uchun biomassalardan foydalanish


 Bioyoqilg’ilarni avlodlarga bo’linishi



Yüklə 231,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.04.2023
ölçüsü231,53 Kb.
#100349
1   2   3   4   5
11-MA’RUZA

11.2. Bioyoqilg’ilarni avlodlarga bo’linishi. 
Birinchi avlod bioyoqilg'ilari 
Bioyoqilg'i - odatda biologik chiqindilarni qayta ishlash natijasida olinadigan 
biologik xomashyodan olingan yoqilg'i hisoblanadi. Selyuloza va turli xil organik 
chiqindilardan bioyoqilg'ini olishga qaratilgan loyihalar mavjud bo'lib, hozirda bu 
texnologiyalar 
rivojlanish 
yoki 
tijoratlashtirishning 
dastlabki 
bosqichidadir. 
Bioenergiyaning xomashyosi sifatida quyidagilar qo'llaniladi: 
• qattiq bioyoqilg'ilarga o'tin, briket, somon, daraxtlarning po'stlog'i va torf 
kiradi; 
• suyuq bioyoqilg'ilarga ichki yonish dvigatellari uchun bioetanol, biometanol, 
biobutanol, dimetil efir, biodizel va boshqalar kiradi; 
• gazsimon bioyoqilg'ilarga biogaz, biogidrogen va metan gazlari kiradi. 


Ikkinchi avlod bioyoqilg'ilari 
Ikkinchi avlod bioyoqilg'ilari uchun metanol, etanol, biyodizel, biomassa 
pirolizining turli usullari bilan olinadigan yoqilg'i turlari xomashyo manbalari 
hisoblanadi. Piroliz biomassasini tashish, saqlash va ishlatishda osonroq va arzonroq 
bo'lgan usul uni suyuqlikka aylantiriladi. Ishlab chiqarilgan suyultirilgan yoqilg'ini 
avtomobil yoqilg'isi yoki elektr stansiyalar uchun yoqilg'i sifatida ishlatilishi mumkin. 
Ikkinchi avlod bioyoqilg'i xomashyosiga biologik ozuqadan oziq-ovqat 
chiqindilarini ajratib olingandan so'ng qoladigan ligno-selyulozik birikmalar kiradi. 
Ikkinchi avlod bioyoqilg'isini ishlab chiqarish uchun biomassadan foydalanish qishloq 
xo'jaligi uchun foydalaniladigan yaroqli unumdor yerlarning maydonini
kamaytirishga olib kelishi mumkin. O'simliklardan ikkinchi avlod xomashyo 
manbalariga quyidagilar kiradi: 
• suv o'tlari - ifloslangan yoki sho'r suvda o'sadigan va ko'payadigan oddiy tirik 
organizmlar; 
• Rijik (o'simlik) - bug'doy va boshqa don ekinlari bilan almashtirib o'stiriladi; 
• Jatropha (o'simlik) - qurg'oqchil hududlarda o'sadi, ularning turiga qarab yog'i 
27% dan 40% gacha bo'ladi. 
Bozordagi ikkinchi avlod bioyoqilg'ilarini olishda ko'plab kompaniyalar 
shug'ullanadilar, ular orasida eng taniqli kompaniyalarga Kanadaning BioOil 
Dynamotive va Germaniyaning CHOREN Industries GmbH SunDiesel kompaniyalari 
dunyoga tanilgan. 
Germaniya energetika agentligining (Deutsche Energie-Agentur GmbH) 
(zamonaviy texnologiyalar asosida) hisob-kitoblariga ko'ra, biomassa piroliz yoqilg'isini 
ishlab chiqarish Germaniyaning avtomobil yoqilg'isiga bo'lgan ehtiyojining 20 %ini 
qoplashi mumkin ekan. 2030-yilga kelib, texnologiyaning rivojlanishi bilan biomassa 
pirolizlar Germaniyaning avtomobil yoqilg'isi 
iste‘molining 35 %ini ta‘minlashi mumkin. Bunda ishlab chiqarish qiymati bir litr 
yoqilg'i uchun 0,80 yevrodan kam bo'ladi. 
Yevropa, AQSh va Kanada davlatlaridan hamda rivojlangan 15 ta 
mamlakatlardagi tadqiqotchilarni birlashtirgan tadqiqot markazi - Piroliz Network 


(PyNe) tashkil etildi. 
Ignali daraxtlarning piroliz suyuq mahsulotlaridan bioyoqilg'ini olishda 
foydalanish ham juda istiqbolli hisoblanadi. Masalan, 70% saqichli turpentin, 25% 
metanol va 5% aseton aralashmasi qarag'ay daraxtining quruq distillash fraksiyalari 
natijasida olingan yoqilg'i A-80 benzinining o'rnini bosuvchi vosita sifatida 
muvaffaqiyatli ishlatib kelinmoqda. Distillash uchun yog'och chiqindilari ishlatiladi: 
novdalar, ildizlar va daraxtlarning po'stloqlari. Yoqilg'i fraksiyalarining chiqishi har bir 
tonna chiqindi uchun 100 kilogrammni tashkil etadi. 

Yüklə 231,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin