Biogaz va bioenergetika 11-ma’ruza bioenergiya. Energetik maqsadlar uchun biomassalardan foydalanish



Yüklə 231,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix19.04.2023
ölçüsü231,53 Kb.
#100349
1   2   3   4   5
11-MA’RUZA

Uchinchi avlod bioyoqilg'ilari 
Uchinchi avlod bioyoqilg'isi deganda suv o'tlaridan olinadigan yoqilg'i 
tushuniladi. 
AQShning Energetika vazirligi 1978-1996-yillarda "Suvda yashovchi o'simlik 
turlari"dan yog' ajratib olish dasturi bo'yicha zamonaviy tadqiqotlarni amalga 
oshirmoqda. Tadqiqotchilar Kaliforniya, Gavayi va Nyu-Meksikodagi ochiq suv 
havzalaridagi suv o'tlarini sanoat miqiyosida xom ashyo sifatida ishlab chiqarishda 
foydalanishga yaroqli degan xulosaga kelishgan. Suv havzalarida 6 yil davomida 1000 
m
3
hajmda suv o'tlari yetishtirilgan. Nyu-Meksiko shtatida suv havzasidan CO
2
ni 
olishda yuqori samaradorlikka erishilgan. Hosildorlik kuniga kvadrat metr uchun 50 
grammdan ko'proq suv o'tlarini tashkil etgan. 200 ming gektar suv havzalarida AQSh 
transport vositalarining iste‘mol qilishi uchun yillik 5 % ga yetarli yoqilg'i ishlab 
chiqarilgan. AQShda suv o'tlarini yetishtirishga 200 ming gektar suv hududi ajratilgan 
bo'lib, bu umumiy qishloq xo'jaligi uchun yaroqli yerlarning 0,1 %idan kamrog'ini 
tashkil qilgan. Bioyoqilg'i olish texnologiyasida hali ko'p muammolar mavjud. Masalan, 
suv o'tlari o'sishi uchun yuqori harorat kerak bo'ladi. Cho'l iqlimi ularni o'stirish uchun 
uchun juda mos keladi. Lekin bunday hudularda o'simliklarni tungi harorat pasayishidan 
himoya qilish uchun qo'shimcha isitish talab etiladi. 90-yillarning oxirida bozorda 
neftning nisbatan arzonligi sabab bioyoqilg'i texnologiyasi tijorat maqsadida biogazni 
ajratib olishda deyarli qo'llanuilmadi. 
Suv o'tlarini ochiq suv havzalarida yetishtirishdan tashqari, elektr stansiyalari 
yaqinida joylashgan kichik bioreaktorlarda suv o'tlarini yetishtirish texnologiyalari 


yaratilingan. Issiqlik elektrostansiyasi (IES) zavodida sovutish uchun foydalanladigan 
suvlar issiqlik suv o'tlarini yetishtirish uchun issiqlik ehtiyojining 77% gacha qoplashga 
qodir. Suv o'tlarini o'stirishdagi texnologiyada haroratning kunlik o'zgarishidan 
himoyalashda, issiq cho'l iqlimi kabi talab qilinmaydi hamda olinadigan biogaz har 
qanday issiqlik elektr stansiyasida yoqilg'i sifatida samarali qo'llanishi mumkin. 
Bioenergetikaning rivojlanishida о’ziga yarasha afzalliklar va kamchiliklar mavjud. 

Yüklə 231,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin