Biogenetik nazariya va uning mazmuni


Sodda hayvonlar ontogenezi



Yüklə 27,57 Kb.
səhifə3/3
tarix07.07.2022
ölçüsü27,57 Kb.
#62701
1   2   3
BIOGENETIK NAZARIYA VA UNING MAZMUNI

Sodda hayvonlar ontogenezi. Ko'p hujayralilar ontogenezining kelib chiqishi va evolyusiyasi
Ontogenez va filogenez haqidagi yangi tushunchalarni paydo bo'lishiga ko'p hujayralUarning kelib chiqishi masalasining noaniqligi sabab bo'lmoqda.
Bu rnasalada biror fikmi qabul qilish yoki qilmaslik biogenetik qonunga munosabat, embrion varaqlari to'g'risidagi nazariyani tushunish, embrional rivojlanishning filogenetik ahamiyatini tan olish yoki olmaslik, ontogenezning kelib chiqishi va evolyusiyasi gipotezasi kabi muammolargabog'liq.
Ontogenezning kelib chiqishi va evolyusiyasiga oid A.N.Seversov gipotezasidasoddahayvonlardaontogenez yo'q, deb ta'kidlanadi.Shuningdek, bir hujayralilardan anaboliya yo'li bilan birlamchi kolonial formalar kelib chiqqan. Ko'p hujayralilar esa ana shu koloniyalardan kelib chiqqan. Sodda hayvonlar ontogenezi tushunchasini B.P.Tokin (1934) qo'llagan va keyinchalik embriologiya hamda zoologiya ma'lumotlari bilan isbotlangan.
Sodda hayvonlar ontogenezi deylganda, ona hujayraning jinssiz yo'l bilan ko'payishidan hosil bo'lgan individlaming shakllanishidan navbatdagi bo'linishgacha bo'lgan davrdagijarayonlar yig'indisi tushuniladi. Ontogenezning oxirgi bosqichi navbatdagi bo'linish hisoblanadi. Sodda hayvonlarda jinssiz ko'payish tur sonini belgilaydi. Sodda hayvonlarda kamdan-kam holatlarda ko'plab jinssiz ko'payishdan keyin jinsiy ko'payish sodir bo'ladi.
Ammo infuzoriyalarda uchraydigan kon'yugasiya hodisasi ko'payish emas, chunki bunda individlar soni oshmaydi. Hayvonot dunyosi evolyusiyasi jarayonida kon'yugasiya va shunga o'xshash jarayonlar fiziologik vazifalarni bajaradi. Chunki kon"yugasiyadan keyin mitotik bo'linish tufayli hosil bo'ladigan qiz hujayralar yangilanadi, yangi individlarning ko'payish imkoniyatlari oshadi. Bu esa tirik materiyaning bir qismining o'lishi, hosil bo'layotgan energiyaning tirik qolgan materiyaga o'tishi tufayh sodir bo'ladi (E.S.Bauer).
A. Veysmanning sodda hayvonlar o'lmaydi, degan fikrining o'rnini ko'payish siklining uzunligi bosadi.
Keyingi 15-20 yil davomida biokimyo, molekulyar genetika va boshqa fanlar sohasidagi ilmiy yangiliklar asosida sodda hayvonlar ontogenezi muammosi ancha rivojlantirildi. Jumladan, mitotik sikl, hayotiy sikl tushunchalari qo'llanila boshlandi.
"Sodda hayvonlar ontogenezi" termini sodda hayvonlar individual rivojlanishining hamma bosqichini o'z ichiga oladi, "Hujayra ontogeniyasi" (to'qima hujayrasiga qo'llaniladi) hujayraning ma'lum xususiyatini ifodalaydigan terminlarga nisbatan kengroq ma'noni bildiradi.
Ko'p hujayralilarning kelib chiqishi to'g'risidagi gipotezalarning hammasi organizmlarning hujayradan tuzilganligi to'g'risidagi ta'limotlarga, s,odda hayvonlarning hujayra sifatida tan olinishiga, ko'plab gipotezalar ko'p hujayralilar bir hujayralilarning kaloniya bo'lib yashaydigan fomalaridan kelib chiqqanligigaasoslanadi.Anashu gipotezalardan kelib chiqqan holda ko'p hujayralilarning butun evolyusion yo'li quyidagicha bo'ladi: Anorganik tabiat hujayragacha boigan tirik materiya (koaservat tomchisi probiont) hujayra sodda organizmlar bir hujayralilarning koloniyasi ko'p hujayrali hayvonlar.
Bir hujayralilar yadrosining ko'p marta (shizogoniya) bo'linishi tufayh yadroning atrofini sitoplazma o'rab olgan va hosil bo'lgan hujayralar bir-biridan ajralib ketmasdan ko'p hujayrah organizm paydo bo'lgan. Masalan, opalinalar, knidosporidiyalar, mikrosporidiyalar, infuzoriyalar, sporalilar ko'payishi davrida shunday holat sodir bo'lgan bo'lishi mumkin.
Xadjining fikricha, ko'p hujayralilarning tuban vakillari kovakichlilar emas, balki turbellyariyalar bo'lib, yassi chuvalchanglaming o'troq holda hayot kechiradigan vakillaridan kovakichlilar kelib chiqqan. Chunki kovakichlilar 2 qavatli emas, balki 3 qavatli hayvonlar bo'hb, mezogliya qavatida ayrim hujayralar topilgan. Infuzoriyalar va turbellyariyalaming gavdasi kipriklar bilan qoplanganligi ularning qon-qarindosh ekanligidan dalolat beradL
Ammo embriologik tajribalar va boshqa dalillar Xadjining bu nazariyasini tasdiqlamadi.
A.V.Ivanov (1968) fikricha, ko'p hujayralilar xivchinlilarning Protomonadalar (Protomonadida) turkumi vakillaridan kelib chiqqan. Ular oldin sharsimon bo'lib yashagan. Keyin jinssiz, somatik va jinsiy yo'llar bilan ko'paygan.
V.N.Beklemishev (1964) ham I.I. Mechnikov nazariyasini qo'llab quwatlaydi. Ammo evolyusiyaning borishi masalasida Mechnikov fikrlaridan farq qiladigan mulohazalarni bildirgan.
Yuqoridabayon etilgan gipotezalarning hammasidako'p hujayralilar bir hujayraUlarning koloniya bo'lib yashaydigan vakillaridan kelib chiqqan, degan fikr mavjud. Ammo sodda hayvonlar hayvonot dunyosining alohida yo'nalishi, ko'p hujayralilar sodda hayvonlardan kelib chiqmagan, degan yangi mulohazalar ham bor. Protozoa bir hujayrali organizm ekanligi ham shubha ostida bo'lmoqda. Sodda hayvonlar ko'p hujayralilarga faqat hujayrasi bilan o'xshashdir. yerda paydo bo'lgan dastlabki organizm geterotroflar bo'lgan. Hatto bir hujayralnarning mustaqil organizm ekanligiga ham shubha bilan qaralmoqda.
Ontogenez evolyusiyasi nazariyasining hozirgi holati. XX asrning 30-40-yillarida ontogenezning kehb chiqishi va evolyusiyasi muammosi bo'yicha ko'plab yangi ma'lumotlar olindi.
Yaqin vaqtlargacha individual va tarixiy rivojlanish, ko'p hujayralilarning ko'payishi, gametalari, blastula va gastrula jarayonlarini o'rganish uchun har xil tushunchalar qo'llanilib kelindi. Bu tushunchalarni sodda hayvonlar va prokariotlarga qo'llab bo'lmaydi. Ontogenez evolyusiyasi faqat jinsiy ko'payish jarayonida taqqoslanib o'rganildi.
Ontogenezning bosqichlari alohida-alohida o'rganilib, ular o'rtasidagi bog'lanishlar e'tiborsiz qolib kelmoqda. Ayni paytda bu ma'lumotlarni sintez qilish va yangi umumlashmalar (nazariyalar) yaratish zarurati paydo bo'lmoqda.
G. P. Korotkova (1979) tarixiy rivojlanish jarayonida jins gaUanishining har xil yo'llarining imkoniyatlari va zarurligini asoslamoqda. Jinsiy ko'payish jarayonkrining o'zgarishi abiotik, biotik omillar o'zgarishini organizm ko'payish yo'li bilan yenga olganda sodir bo'ladi.
Tur va individda yashab qolishi uchun hamma vaqt morfogenetik imkoniyatlar bo'ladi. Ko'payishning bir turidan boshqa turiga o'tish imkoniyati tabiiy polimorfizm orqali amalga oshadi.
Hayvon va o'simliklarda agam yo'li bilan ko'payish imkoniyati morfogenez va embrional regulyasiya tufayli amalga oshishi mumkin. Jinssiz ko'payish va poliembrioniya takrorlanishi gonositlarning paydo bo'hshi va embriogenez xususiyatlari bilan bog'liq.
G. P. Korotkova jinsiy va somatik morfogenez korrelyasiyasi muammosiga katta e'tibor bermoqda va ontogenez evolyusiyasining bosqichliligi nazariyasini yaratmoqda. Ontogenez bosqichlari evolyusiya jarayonida paydo bo'lgan qonuniyat ekanligi ta'kidlanmoqda. G. P. Korotkova fikricha, qisqa vaqtli yoki doimiy bo'lmagan jins shakllanishi genomni o'zgartirmaydi va gametogenez hamda embriogenezga ta'sir ko'rsatmaydi. Bu reproduktiv modifikasiya hisoblanadi.


Xulosa
Biogenetik nazaryaning namoyondalari - amerikalik psixologlar A.Gezelli va S.Xoll rivojlanishning biologik madeliga tayanib ish ko‘radilar, bu jarayonda muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari o‘zaro almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko‘rinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta’lmotiga binoan shaxsning barcha xatti-xarakatlari (xulq) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlardan kelib chiqadi, birinchi navbatda, jinsiy (seksual) maylga bog‘liqdir. Bunday biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki rolini bajara olmaydi.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‘rinishi sotsiogenetik nazariyadir. Bu nazariyada shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni jamiyatning strukturasi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, atrofdagi odamlar Bilan o‘zaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko‘ra inson biologik tur sifada tug‘ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
G‘arbning eng muhim nazariyalaridan biri – rollar nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra jamiyat o‘zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-xarakatning barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo‘lgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, boshqalar Bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar


1.Tokin B.P. Obshaya embriologiY. M., «Visshaya shkola», 1987.
2.Gazaryan K.G., Belousov L.V. Biologiya individualnogo razvitiya jivotnix. M., «Visshaya shkola», 1988.
3.Salixbayev I.K. Individual taraqqiyot biologiyasi. Toshkent, ToshdU, 1988.
4.Salixbayev I.K. Rivojlanish biologiyasi. Toshkent, ToshdU, 1992.
5.Novikov N.I., Svyatenko YE.S. Rukovodstvo k laboratornim zanyatiyam po gistologii i embriologii. M., 1984.
6.Yarigin V.N. i dr. Biologiya v 2-x knigax. M., «Visshaya shkola», 1999.
Yüklə 27,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin