Nazorat uchun savollar: 1.Fermentlar necha gradusda eng yuqori faollikka ega bo’ladi?
2.Fermentlar necha gradusda qaytmas denaturatsiyaga o’chraydi?
3.Fermentlarning temperaturaga chidamsizligi nimaga bog’liq?
4.Gidrolizning eng sekin ketishi yoki amalda ketmasligi necha gradusda ko’zatiladi?
5.Fermentlar qanday ta’sir xususiyatiga ega?
6.Kraxmal qaysi ferment ta’sirida parchalanadi?
7.Saxaraza qanday xususiyatga ega?
8.Fermentlarning spetsifikligi deganda nimani tushunasiz?
9.Nisbiy, absolyut va steriokimyoviy spetsifiklikni farqlang?
VII. LABORATORIYА ISHI Mavzu: So’lakdagi amilaza fermentining faolligiga aktivator va ingibitorlarning ta’siri -2 soat Ferment faolligin kuchaytiruvchi yoki to‘xtatuvchi moddalar aktivator va ingibitor (paralizator) lar deb ataladi. Aktivator va ingibitorlarning ta'sir mexanizmi to‘liq o‘rganilgan emas. Ko‘pchilik fermentlar aktivatorlari reaksion muhitda bo‘lmasa, ta'siri umuman ko‘rilmaydi. Masalan, amilaza dializ qilinsa, faolligi yo‘qoladi, natriy xlorid eritmasi qo‘shilsa, tiklanadi. Kinazalar gruppasidagi fermentlarning faolligi uchun magniy ioni bo‘lishi shart.
Ingibitolarnin ta'sir mexanizmi xilma-xildir. Ba'zi hollarda ular ferment aktivatori bo‘lgan metall ionlarini biriktirib olsa, ba'zan fermentni denaturatsiyalaydi yoki ferment bilan “yolg‘on” ferment-substrat kompleksini hosil qilib nofaol holatga o‘tkazib qo‘yadi.
Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, kraxmalning 0,5 % li eritmasi, distillangan suv, natriy xloridning 0,1 % li eritmasi, CuSO4 ning 1 % li eritmasi, 5 marta suyultirilgan so’lak, yodning 0,1% eritmasi.
Ishning bajarilishi. 3 ta probirka olib, ularga 5 tomchidan 0,5% li kraxmal eritmasidan tomiziladi, birinchi probirkaga 10 tomchi distillangan suv, ikkinchisiga 8 tomchi suv bilan 2 tomchi 1% li natriy xlor eritmasi, uchinchisiga 8 tomchi suv bilan 2 tomchi 1% li mis sulfat eritmasi quyiladi. Hammasiga 5 marta suyultirilgan so‘lakdan 10 tomchidan qo‘shib, yaxshilab aralashtirilib, xona haroratida qoldiriladi. 5 daqiqadan keyin 3 ta probirkaga 10 tomchidan distillangan suv, 1-2 tomchidan 0,1 % li yod eritmasidan aralashtiriladi, ularning ustiga tajribadagi uchala prbirkadagi aralashmaning har biridan 2-3 tomchidan alohida probirkalarga tomiziladi. Yod bilan qilinadigan reaktsiya 10-15 daqiqada yana takrorlanadi. Birinchi probirkadagi suyuqlik binafsha yoki qizil rangga, ikkinchisi qizil yoki sariq, uchinchisi esa ko‘k rangga kiradi. Demak, ikkinchi prbirkada kraxmal yaxshiroq gidrolizlangan, uchinchisida esa umuman gidroliz ketmagan. Ish natijasi jadvalda qayd qilinadi.