Reaktsion aralashmaning yod bilan bergan rangi (tajriba variantlari)
H2O bilan
NaCl bilan
CuSO4 bilan
1.
So’lak amilazasi
kraxmal
5
2.
So’lak amilazasi
kraxmal
10
3.
So’lak amilazasi
kraxmal
15
Xulosa
Nazorat uchun savollar: Ferment faolligiga aktivatorning ta’siri deganda nimani tushunasiz ?
Ferment faolligiga ingibitorlarning ta’siri deganda nimani tushunasiz ?
Ingibitorlarning “yolg‘on” ferment-substrat kompleksini hosil qilishini izohlang ?
VIII. LABORATORIYА ISHI Mavzu: So’lakdagi amilaza fermentining faolligiga pH ning ta’siri -2 soat Ferment faoligiga ta'sir etuvchi muhim omillardan biri vodorod ionlari konsentratsiyasi hisoblanadi. Ko‘pchilik fermentlar ma'lum pH intervalida yuqori faollikka ega bo‘ladi. Ana shu muhitning pH qiymati fermentning pH optimumi deb ataladi. Ferment faolligining pH ga bog‘liqligi birinchidan, ferment faol markazidagi substrat bilan bog‘lanishda ishtirok etadigan, ionlanadigan gruppalarning, ikkinchidan, substrat molekulasining ferment bilan bog‘lanishiga aloqador funksional gruppalarning, uchinchidan, ferment molekulasining katalitik ta'siriga bog‘liq bo‘lgan funksional gruppalarning dissotsialanish konstantalari va nihoyat ferment molekulasining o‘ziga xos va katalitik faolligiga ta'sir qiluvchi boshqa ferment gruppalarining ionlanish darajasi muhtitidan vodorod ionlari konsentratsiyasiga aloqadorligidan kelib chiqadi.
Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, natriy gidrofosfatning 0,2 M eritmasi, limon kislotasining 0,1 M eritmasi, 100 marta suyultirilgan so’lak eritmasi, yodning 0,1% eritmasi, 0,5 % kraxmalning 1% li natriy xloriddagi eritmasi.
Ishning bajarilishi. 7 ta probirkaga jadvalda ko‘rsatilgan miqdorda 0,2 M ikkilamchi natriy fosfat va 0,1 M limon kislota eritmasidan quyiladi. Natijada pH 5,6 dan 8,0 gacha bo‘lgan bufer eritmalar tayyor bo‘ladi. Har bir probirkaga 100 marta suyultirilgan so‘lakdan 10 tomchidan, 0,5% li kraxmal eritmasidan 10 tomchidan quyiladi.
Probirkadagi suyuqlik yaxshilab aralashtirilgach, xona haroratida 5 daqiqa qoldiriladi. Shu vaqt o‘tgandan so‘ng 4-probirkadagi (bu probirkadagi bufer aralashmaning pH qiymati amilazaning pH optimumiga to‘g‘ri keladi) suyuqlikdan bir tomchi olib, yod bilan reaksiya qilib ko‘riladi. Agar ko‘k rang paydo bo‘lsa, yana 5 daqiqa qoldiriladi. Olingan aralashma boshqa, ya'ni qizil yoki sariq rangga bo‘yalsa, hamma probirkaga 0,1 % yod eritmasidan 1-2 tomchidan tomiziladi. Qaysi probirkada kraxmal to‘la gidrolizlangan bo‘lsa, shu prbirkaning pH ko‘rsatkichi tekshirilayotgan fermentning pH optimumiga to‘g‘ri keladi.