Biokimyo laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari


Muskullardan oqsillarning tuzli fraktsiyasini olish



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə9/27
tarix29.03.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#91267
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
laboratoriya ishlanmasi

Muskullardan oqsillarning tuzli fraktsiyasini olish.
10-15 g muskul to’qimasini yaxshilab maydalab, chinni havonchaga solinadi. Uning ustiga osh tuzining 7 % li eritmasidan 30-40 ml solib, 10-15 minut eziladi. So’ng havonchadagi suyuqlik ikki qavat dokadan suziladi. Dokada qolgan qismini tashlab, undan o’tgan suyuq qismini (oqsil eritmasini) ish uchun saqlab qo’yiladi.
Dializlash. Kollodiy xaltachasidagi distillangan suvni to’kib tashlab, unga muskul oqsilining tuzli eritmasidan 10-15 ml solinadi. Xaltacha og’zini shisha tayoqcha bilan qisib, ularning ikki tomonidan qisib bog’lanadi. Shundan keyin 200 ml li stakanning 3/4 qismiga distillangan suv solib, unga oqsil eritmasi solingan xaltachani tushirib (osib) qo’yiladi. Xaltachaning ko’p qismi suvga botib turishi kerak. Stakandagi suv har 10-15 minutda almashtiriladi. Har safar suvni almashtirishdan oldin undan ikkita probirkaga 2 ml dan olib, oqsil va xloridlarga xos sifat reaktsiyalari bajariladi.
Birinchi probirkadagi 2 ml aralashmaga kumush nitratning 1 % li eritmasidan 2 ml solinadi. Hosil bo’lgan oq cho’kma (kumush xlorid) oqsil bilan aralashgan xloridlarning suzilib, distillangan suvga o’tganligidan dalolat beradi.
Ikkinchi probirkadagi 2 ml aralashma bilan biuret reaktsiyasi o’tkaziladi. Reaktsiya natijasiz bo’ladi. Xaltacha suvda 1,5-2 soat turgandan keyin uni suvdan olib, ichidagi cho’kmali suyuqlik qog’oz filtr orqali filtrlanadi. Filtrda globulin qoladi, filtratga esa albumin o’tadi. Ularning har ikkisi ham oqsil ekanini ranli reaktsiya yordamida isbotlash mumkin.
Kerakli asbob va reaktivlar: kolbachalar, probirkalar, pipetkalar, byuretkalar, jelatinning 1% li eritmasi, natriy monogidrofosfatning 0,2 molyar eritmasi, limon kislotaning 0,1 molyar eritmasi, 900 li spirt.
Ishning bajarilishi:
Tsitrofosfat buferini tayyorlash. 10 ta kolbachani nomerlab, ularga jadvalga ko’rsatilgan miqdorda natriy gidrofosfat va tsitrat kislota eritmasidan solinadi.




Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin