Biokimyo laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari


O‘ziga xos rangli reaktsiyalar



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə5/27
tarix29.03.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#91267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
laboratoriya ishlanmasi

2. O‘ziga xos rangli reaktsiyalar
2.1. - tajriba. Ksantoprotein reaktsiyasi
Ksantoprotein reatsiyasi oqsillar molekulasidagi tarkibida benzol yadrosi bor tsiklik aminokislotalarga (fenilalanin, tirozin, triptofan) xos reaktsiyadir. Ko‘pchilik oqsillar kontsentrlangan nitrat qo‘shib qizdirilganda sariq rangga kiradi, ishqoriy muhit hosil qilinsa, qizg‘ish to‘q sariq rangga o‘tadi. Bu reaktsiya aromatik aminokislotalardagi benzol yadrosining kontsentrlangan nitrat kislota ta’sirida nitrolanishga asoslangan. Ќosil bo‘lgan nitrobirikma ishqoriy muhitda xinoid ko‘rinishiga o‘tib, nitron kislotalari va ularning tuzlarini hosil qiladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: 0,1 % tirozin, kontsentrlangan nitrat kislota, ammiak, natriy gidrooksid 1 % tuxum oqsili, 1 % bug‘doy oqsili, spirt lampa, shtativ, probirkalar.
Ishning bajarilishi:
3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi 1 % tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi bug‘doy yoki chigit oqsili, uchinchisiga 5 tomchi 1 % tirozin eritmasidan qo‘yiladi. Hamma probirkaga 3-4 tomchidan kontsentrlangan nitrat kislota qo‘shib qizdiriladi. Uchala probirkadagi suyuqlik sariq rangga kiradi. Aralashma sovitilgan ammiak yoki natriy gidrooksid yordamida ishqoriy muhit hosil qilinadi va qizg‘ish-sariq rang paydo bo‘lishi kuzatiladi. Olingan natijalar jadval kurinishida ifoda etiladi.



Reaktsiyaning nomi

Tekshirilayotgan manba



Qo‘llanilayotgan reaktivlar

Kuzatilgan rang



Reaktsiya nimaga bog‘liq






















Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin