Biokimyo laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari


-tajriba. Ningidrin reaktsiyasi



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə4/27
tarix29.03.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#91267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
laboratoriya ishlanmasi

1.2. -tajriba. Ningidrin reaktsiyasi
Ningidrin reaktsiyasi erkin α - aminogruppa uchun xos reaktsiya hisoblanadi. α – aminokislotalar, peptidlar va oqsillarning molekulalarida erkin α – aminogruppa bo‘ladi. Shuning uchn yuqoridagi moddalarning eritmalariga ningidrin qo‘shib qizdirilganda ko‘k yoki ko‘kish-binafsha rang paydo bo‘ladi. Ningidrin ta’sirida erkin α – aminogruppasi bor aminokislota, peptid yoki oqsillar oksidlanish yo‘li bilan dezaminlanadi, dekarboksillanadi, natijada aldegid hosil bo‘ladi. Bu vaqtda ningidrin qaytariladi va ajralib chiqqan NH2 `yordamida ikkinchi qaytarilmagan ningidrin molekulasi bilan bog‘lanib ko‘k-binafsha, prolin bilan esa sariq rangli kompleks hosil qiladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: tuxum oqsilining 1 % eritmasi, alanin eritmasi, 0,5 % ningidrin eritmasi, spirt lampa, shtativ, probirkalar.
Ishning bajarilishi.
3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi bug‘doy oqsili, uchinchisiga 5 tomchi alanin eritmasidan tomizib, ustiga 5 tomchi 0,5 % ningidrin eritmasidan quyib, 1-2 minut qaynatiladi. Probirkalardagi aralashmalar avval pushti-binafsha yoki ko‘kish-binafsha rangga bo‘yaladi. Vaqt o‘tishi bilan eritma ko‘karadi.
Olingan natijalar jadval kurinishida ifoda etiladi.



Reaktsiyaning nomi

Tekshirilayotgan manba



Qo‘llanilayotgan reaktivlar

Kuzatilgan rang



Reaktsiya nimaga bog‘liq






















Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin