Biokimyo laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari


Tuxum oqsillarining qaysi biri suvda, qaysi biri tuzda eriydi? 2



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə3/27
tarix29.03.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#91267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
laboratoriya ishlanmasi

1. Tuxum oqsillarining qaysi biri suvda, qaysi biri tuzda eriydi?
2. Muskul tarkibida asosan qaysi oqsillar uchraydi?
3. Oqsil eritmalari qanday tayyorlanadi?


III- LABORATORIYA ISHI.

Mavzu: Oqsil va aminokislotalarga xos rangli reaktsiyalari - 2 soat


Biologik ob’ektlar yoki turli eritmalarda oqsil mavjudligini rangli reaktsiyalar yordamida aniqlash mumkin. Bu reaktsiyalar oqsil tarkibidagi turli xil aminokislotalar, spetsifik funktsional guruhlar yoki peptid bog‘larning xossalariga asoslangan.
Bir qancha kimyoviy moddalar oqsilga ta’sir etganda reaktsiya mahsuloti sifatida turli rangli birikmalar hosil bo‘ladi. Xuddi shu reaktsiyalar asosida oqsillar va ularning tarkibidagi aminokislotalarni sifat va miqdor jihatdan aniqlash usullari ishlab chiqilgan.
Rangli reaktsiyalar tabiatiga ko‘ra ikki xil: universal va o‘ziga xos rangli reaktsiyalarga bo‘linadi. Universal reaktsiyalar hamma oqsillar uchun, o‘ziga xos rangili reaktsiyalar esa oqsil molekulasida u yoki bu xil aminokislota qoldiqlari borligini aniqlashga qaratilgan. Aminokislotalarni biologik suyuqliklar yoki to‘qima ekstraktlarida shu o‘ziga xos reaktsiyalar yordamida aniqlash mumkin. Rangli reaktsiyalarni tuxum oqsili, jelatina eritmalari, bir necha marta suyultirilgan qon zardobi, turli hayvon va o‘simlik to‘qimalari ekstraktlari bilan amalga oshirish mumkin.
1. Universal reaktsiyalar
1.1. - tajriba. Biuret reaktsiyasi

Biuret reaktsiyasi yordamida oqsil va polipeptidlar tarkibidagi peptid bog‘lari (-CO-NH-) aniqlanadi. Biuret reaktsiyasini eng kamida 3 ta aminokislota qoldig‘i, ya’ni 2 ta peptid bog‘ bor moddalar berishi mumkin.


Kuchli ishqoriy sharoitda biuret (NH2 – CO – MH – CO – NH2), oksamid (NH2 – CO – CO – NH2), polipeptid va oqsil eritmalariga mis tuzlari qo‘shilsa, ko‘k binafsha, qizil binafsha rang hosil bo‘ladi.

Peptid bog‘ni hosil qiluvchi gruppa ishqoriy muhitda tautomerlanib yenol formasida bo‘ladi:


O H OH
   
 C  N  C = N 

Kuchli ishqoriy muhitda hosil bo‘lgan gidroksogruppa dissotsilanadi, natijada manfiy zaryad hosil bo‘ladi, bu esa mis ioni bilan tuzsimon bog‘ hosil qilishiga imkon beradi, bundan tashqari, peptid bog‘ni hosil qilishda ishtirok etayotgan azot atomlari bilan ham koordinatsion bog‘ hosil qiladi. Bu misli kompleks barqaror birikma bo‘lib, paydo bo‘lgan rang ancha uzoq saqlanadi.


Biuret kompleksi rangining ravshanlik darajasi oqsil kontsentratsiyasiga, eritmadagi mis tuzining kontsentratsiyasiga bog‘liq.
Kerakli asbob va reaktivlar: tuxum oqsilining 1 % eritmasi, 5 marta suyultirilgan qon zardobi, bug‘doy oqsilining 1 % eritmasi, 10 % NaOH, mis (II) sulfatning 1 % eritmasi, pipitkalar, probirkalar.
Ishning bajarilishi.
3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi tuxum oqsilining 1 % eritmasi, ikkinchisiga 5 tomchi 5 marta suyultirilgan qon zardobi, uchinchisiga ham shuncha miqdorda bug‘doy oqsilining 1% eritmasi solinib, hamma probirkaga 10 tomchidan 10 % o‘yuvchi natriy eritmasi va bir tomchidan mis sulfat eritmasidan quyiladi. Uchala probirkada ham qizil-binafsha yoki ko‘kish – binafsha rang hosil bo‘ladi. Olingan natijalar jadval kurinishida ifoda etiladi.



Reaktsiyaning nomi

Tekshirilayotgan manba



Qo‘llanilayotgan reaktivlar

Kuzatilgan rang



Reaktsiya nimaga bog‘liq






















Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin