2.2. tajriba. Fol reaktsiyasi Fol reaktsiyasi yordamida oqsillar molekulasi tarkibida kuchsiz bog‘langan oltingugurt bo‘lgan aminokislotalar tsistein va tsistinni aniqlashga imkon beradi. Metionin olingugurt bilan kuchli bog‘langanligi uchun bu reaktsiyani bermaydi.
Oqsil eritmasiga ishqor qo‘shib qizdirilganda oltingugurt osongina ajralib, natriy sulfid hosil qiladi. Aralashmaga natriy plyumbit yoki qo‘rg‘oshin atsetat qo‘shilsa, qora rangli qo‘rg‘oshin sulfid cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Reaktsiya quyidagicha ketadi.
CH2 -SH CH2 -OH
CH-NH2 +2NaOH CH-NH +Na2 S + H2O
COOH COOH
sistein serin
Qora rangning ravshanlik darajasi eritmadagi oqsilning kontsentratsiyasiga hamda oqsil molekulasidagi tsisteinning miqdoriga bog‘liq.
3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi 1 % tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi 1 % bug‘doy yoki soya oqsili, uchinchisiga 5 tomchi 1 % jelatina eritmasidan qo‘yib, ularning ustiga 5 tomchi 30 % natriy gidrooksid va 5 tomchi 5 % qo‘rg‘oshin atsetat qo‘shib yaxshilab qaynatiladi. Birinchi ikkiti probirkadagi aralashma qorayadi va qora rangli PBS cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Uchinchisining ranggi o‘zgarmaydi, chunki jelatina tarkibida oltingugur bor aminkislotalarga ega emas. Olingan natijalar jadval kurinishida ifoda etiladi.