1.2. -tajriba. Ningidrin reaktsiyasi Ningidrin reaktsiyasi erkin α - aminogruppa uchun xos reaktsiya hisoblanadi. α – aminokislotalar, peptidlar va oqsillarning molekulalarida erkin α – aminogruppa bo‘ladi. Shuning uchn yuqoridagi moddalarning eritmalariga ningidrin qo‘shib qizdirilganda ko‘k yoki ko‘kish-binafsha rang paydo bo‘ladi. Ningidrin ta’sirida erkin α – aminogruppasi bor aminokislota, peptid yoki oqsillar oksidlanish yo‘li bilan dezaminlanadi, dekarboksillanadi, natijada aldegid hosil bo‘ladi. Bu vaqtda ningidrin qaytariladi va ajralib chiqqan NH2 `yordamida ikkinchi qaytarilmagan ningidrin molekulasi bilan bog‘lanib ko‘k-binafsha, prolin bilan esa sariq rangli kompleks hosil qiladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: tuxum oqsilining 1 % eritmasi, alanin eritmasi, 0,5 % ningidrin eritmasi, spirt lampa, shtativ, probirkalar.
Ishning bajarilishi. 3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi bug‘doy oqsili, uchinchisiga 5 tomchi alanin eritmasidan tomizib, ustiga 5 tomchi 0,5 % ningidrin eritmasidan quyib, 1-2 minut qaynatiladi. Probirkalardagi aralashmalar avval pushti-binafsha yoki ko‘kish-binafsha rangga bo‘yaladi. Vaqt o‘tishi bilan eritma ko‘karadi.
Olingan natijalar jadval kurinishida ifoda etiladi.