Biokimyo laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə8/27
tarix29.03.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#91267
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
laboratoriya ishlanmasi

Nazorat uchun savollar.
1. Rangli reaktsiyalar tabiatiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?

  1. Universal reaktsiyalarga qaysi reaktsiyalar kiradi?

  2. O‘ziga xos rangli reaktsiyalarga qaysi reaktsiyalar kiradi?

  3. Biuret reaktsiyasi nimani aniqlashga asoslangan?

  4. Biuret reaktsiyasi vaqtida qanday rang hosil bo‘ladi?

  5. Ningidrin reaktsiyasi nimani aniqlashga asoslangan va qanday rang hosil bo‘ladi?

  6. Ksantoprotein reaktsiyasi nimani aniqlashga asoslangan va reaktsiya oxirida qanday rang hosil bo‘ladi?

  7. Fol reaktsiyasi yordamida qaysi aminokislotalar aniqlanadi?

  8. Adamkevich reaktsiyasi nimani aniqlashga asoslangan?

  9. Adamkevich reaktsiyasida nima uchun jelatina rang hosil qilmaydi?



IV- LABORATORIYA ISHI.
Mavzu:Oqsillarni dializ qilish va izoelektrik nuqtasini aniqlash – 2 soat
Kerakli asbob va reaktivlar: diametri 4-5 sm li probirka, stakan, shisha tayoqcha, voronka, pipetka, probirkalar, filtr qog’oz, kollodiy, mis sulfatning 1 % li eritmasi, natriy xloridning 7 % li eritmasi, ammoniy sulfatning poroshogi, million reaktivi, kumush nitratning 1 % li eritmasi.
Ishning bajarilishi:
Kollodiydan dializ xaltacha tayyorlash. Maxsus keng va quruq probirkaga 5-6 ml kollodiy solinadi. Probirka asta-sekin aylantirilib, undagi kollodiyni probirka devorlariga yuqtiriladi. Probirkada ortib qolgan kollodiyni qaytarib o’zining idishiga quyiladi. So’ng probirkadagi kollodiyni bir joyda to’planib qolmasligi uchun uning og’zini pastga qaratib sekin-sekin aylantiriladi va 1-2 minut quritiladi. Probirka ichida kollodiydan hosil bo’lgan parda qurigach, unga yana 5-6 ml kollodiy solib, yuqoridagi tartibda, 5-6 minut quritiladi. So’ng probirkaga distillangan suv solib, hosil bo’lgan parda sekin ajratib olinadi. U xaltacha shaklida bo’ladi. Kollodiy xaltacha distillangan suvda saqlanadi.

Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin