Aralashmaning nomeri
|
Aralashma
(рН)
|
Natriy monogidro fosfatning 0,2 molyar eritmasi, ml
|
Limon kislotaning
0,1 molyar eritmasi, ml
|
1
|
3,0
|
4,11
|
15,89
|
2
|
3,4
|
5,70
|
14,30
|
3
|
3,8
|
7,10
|
12,90
|
4
|
4,2
|
8,28
|
11,72
|
5
|
4,6
|
9,35
|
10,65
|
6
|
5,0
|
10,30
|
9,70
|
7
|
5,4
|
11,15
|
8,85
|
8
|
5,8
|
12,09
|
7,91
|
9
|
6,2
|
13,22
|
6,78
|
10
|
6,6
|
14,55
|
5,45
|
11
|
6,8
|
15,45
|
4,55
|
12
|
7,0
|
16,47
|
3,53
|
13
|
7,2
|
17,39
|
2,61
|
14
|
7,4
|
18,17
|
1,83
|
15
|
7,6
|
18,73
|
1,27
|
16
|
7,8
|
19,15
|
0,85
|
17
|
8,0
|
19,45
|
0,55
|
Jelatinning izoelektr nuqtasini aniqlash. 10 ta probirkani shtativga terib, nomerlanadi. Hammasiga tegishli nomerli bufer aralashmasidan 5 ml solinadi. So’ng har bir probirkaga jelatin eritmasidan 2 ml qo’shiladi. Shundan keyin 5-nomerli probirkadagi suyuqlik ustiga chayqatganda yo’qolmaydigan sezilar-sezilmas loyqa hosil bo’lguncha 900 li spirtdan sekin-sekin solinadi. Qolgan probirkalarga ham shuncha spirt solib, 30 minut tinch saqlanadi. Ko’rsatilgan vaqt o’tgach qaysi probirkada kuchli loyqa hosil bo’lganligi aniqlanadi. Qaysi probirkada quyuq loyqa hosil bo’lgan bo’lsa, o’sha probirkadagi muhitning рН sнi jelatinning izoelektr nuqtasiga tegishli bo’ladi. Odatda jelatinning izoelektr nuqtasi рН - 4,6-4,7 ga teng bo’ladi.
Nazorat uchun savollar
Kollodiydan dializ xaltacha qanday tayyorlanadi?
Muskullardan oqsillarning tuzli fraktsiyasi qanday olinadi?
Dializlash nima?
Oqsillarning izoelektrik nuqtasi deganda nimani tushunasiz?
Oqsillarning izoelektrik nuqtasini aniqlashda qanday reaktivlar ishlatiladi?
Sitrofosfat buferi qanday tayyorlanadi?
V. LABORATORIYА ISHI
Mavzu:Qog'oz xromatografiyasi usuli bilan aminokislotalarni aniqlash-2 soat
Kerakli asbob va reaktivlar: uzunligi 20-25 sm, diametri 30 mm bo’lgan probirkalar, uzunligi 15 sm, diametri 20 mm bo’lgan filtr qog’oz, pulvelizator, kapilliyar, lineyka, pipetkalar, Petri kosasi, suv bilan to’yintirilgan fenol, ningidrinning 0,1 % eritmasi, aminokislotalar eritmasi.
Ishning bajarilishi:
Uzunligi 20-25 sm va diametri 30 mm li probirkaga uning devorlariga teкgismasdan pipetka yordamida suv bilan to’yintirilgan fenoldan 3-5 ml quyiladi (fenoldan ehtiyot bo’lish zarur, u teriga teksa kuydiradi). Uzunligi 15 sm va eni 20 mm li filtr qog’oz tayyorlanadi. Uni qo’l bilan ushlaganda kir qilmaslik kerak, aks holda tajriba yaxshi natija bermaydi.
Tayyorlangan lenta shaklli filtr qog’ozning bir uchini nina bilan teshib, ip bilan bog’lanadi. Qog’ozning ikkinchi uchidan 1 sm qoldirib, qora qalam bilan chiziladi. So’ngra chiziqning o’rtasiga aminokislotalar eritmasidan kapillyar yordamida kichik bir tomchi tomiziladi. Tomizilgan suyuqlik qurigach filtr qog’ozga bog’langan ipdan ushlab, uning aminokislotalar eritmasi tomizilgan tomonini fenolli probirkaga tushiriladi, qog’ozning uchi 0,5 sm chamasida fenolga tegib turishi kerak. Shundan keyin probirka og’zini po’kak bilan bekitib, u 2 soat tinch qoldiriladi. Fenol qog’ozdan tepaga ko’tarila boshlaydi. Filtr qog’oz probirkada qancha uzoq vaqt saqlansa, fenol shuncha yuqori ko’tariladi.
Aytilgan vaqt o’tgach, probirkaning og’zini ochib, undagi qog’ozni ipidan ushlab probirkadan olinadi va osib quritiladi. So’ng uni hamma joyi tekis ho’l bo’lguncha pulvelizator yordamida ningidrinning spirtdagi 0,1 % li eritmasidan sepiladi va termostatda quritiladi. Qog’oz qurish vaqtida qizg’ish binafsha dog’lar hosil bo’ladi. Qog’ozda qurigan har bir dog’ chegarasi qora qalam bilan chiziladi va ularning har birining o’rtasiga nuqta qo’yiladi.
Qog’ozning aminokislota tomizilgan chizig’i bilan fenolning siljib borgan eng oxirgi chegarasining orasi, shuningdek, aminokislota tomizilgan chiziq bilan har bir dog’ning o’rtasi lineyka bilan o’lchanadi.
Har bir aminokislotaning siljigan masofasi fenolning siljigan masofasiga bo’linadi. Shunda hosil bo’lgan raqam o’sha dog’i tushgan aminokislotaning ko’rsatkichi hisoblanadi.
Shunday qilib, biz tekshirgan aminokislotalar aralashmasida qanday aminokislota borligi aniqlanadi. Xromotografiya usuli bilan aminokislotalarning miqdorini ham aniqlash mumkin. Buning uchun qog’ozga tushgan dog’larni alohida-alohida yuvib olib, ularning miqdori aniqlanadi. Bu albatta ancha murakkab va ko’p vaqt talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |