Biokimyo laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə11/27
tarix29.03.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#91267
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
laboratoriya ishlanmasi

Nazorat uchun savollar

1. Qog'oz xromotografiya usuli bilan oqsillar qanday aniqlanadi?


2. Qog'oz xromotografiya usuli bilan oqsillarni aniqlash uchun qanday reaktivlar ishlatiladi?
3. Qog'oz xromotografiya usuli bilan oqsillarni aniqlashda qanday o’zgarishlarga uchraydi?

VI. LABORATORIYА ISHI
Mavzu: Fermentlarning o‘ziga xosligi va ular faolligiga ta‘sir etuvchi
omillar -2 soat
Fermentlarning eng muhim xusussiyatlaridan biri, ulardan har birining ta’siri o‘ziga xosligidir.
Fermentlarning spetsifikligi ularning ma’lum bir substratga yoki ximiyaviy bog‘ga ta’sirida namoyon bo‘ladi. Masalan, amilaza faqat kraxmalni maltozagacha parchalasa, saxaroza yoki laktozaga ta’sir ko‘rsatmaydi. Achitqi hujayrasidagi saxaraza esa laktoza yoki kraxmalni parchalamaydi, faqat saxarozani glyukoza va fruktozaga gidrolizlaydi. Ferment bilan substrat orasidagi o‘zaro aloqaning o‘ziga xosligining asosiy sababi ferment aktiv markazining strukturasi bilan substrat molekulasining fazoviy tuzilishi orasidagi monandlikdir.


Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ (probirkalari bilan), pipetkalar, suv hammomi. Kraxmalni 1% eritmasi, saxarozaning 1% eritmasi, 5 martasuyultirilgan so‘lak, achitqi, Lyugol eritmasi.
Ishning bajarilishi:
4 ta probirka olib, 2 tasiga 10 tomchidan 1% kraxmal, kolgan 2 tasiga 10 tomchi 1% saxaroza eritmasi qo‘yiladi. 1- va 3- probirkalarga 5 marta suyultirilgan so‘lakdan 5 tomchidan, 2- va 4- probirkalarga 5 tomchidan achitqi shirasidan qo‘yib, 38° suv hammomiga 10 minut qo‘yiladi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgandan keyin birinchi ikkita probirkadagi arlashmaga yod ta’sir ettiriladi. 3-4-probirkalardagi suyuklik bilan Trommer reaktsiyasi qilinadi. Rangli reaktsiyalarning natijasiga qarab fermentlarning o‘ziga xosligi tug‘risida xulosa chiqariladi va jadval ko‘rinishida qayd etiladi.



Probirka

Ferment

Substrat

Kontrol reaktsiyalari

Yod bilan reaktsiyalari

Trommer reaktsiyalari

1

Amilaza

Kraxmal







2

Saxaraza

Kraxmal







3

Amilaza

Saxoroza







4

Saxaraza

Saxaroza








Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin