AgNO3 + NH4OH AgOH + NH4 NO3
C6H12O6 + 2AgOH C6H12O7 + 2Ag + H2O
Glyukoza Glyukon kislota
Kerakli asbob va reaktivlar probirkalar, pipetkalar, glyukozaning 1% eritmasi, kumush oksidning ammiakdagi eritmasi, spirt lampasi.
Ishning bajarilishi
Probirkaga glyukozaning 1 foizli eritmasidan 1 ml olib, unga barobar hajmda kumush oksidning ammiakdagi eritmasidan qo’shib qizdiriladi. Natijada erkin kumush probirka devorlariga o’tirib oyna hosil qiladi.
2-tajriba. Uglevodlarni α-naftol yordamida aniqlash.
Bu reaktsiya hamma uglevodlar uchun xosdir. Uglevodlar kontsentrlangan sulfat kislota ta’sirida furfurol yoki uning hosilalariga aylanadi. Hosil bo’lgan mahsulot 2 mol α- naftol bilan kondensatsiyalanib rangli kompleks hosil qiladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, pipetkalar, α-naftolning spirdagi 10% eritmasi, kontsentrlangan sulfat kislota, fruktozaning 1% eritmasi, D-glyukoza.
Ishning bajarilishi
Tekshirilayotgan eritmadan 2ml yoki tarkibi uglevodli qattiq moddadan 0,1g olib, 1ml suvda eritiladi, ustiga α-naftolning 10% spirtli eritmasidan 2 tomchi tomiziladi va probirka devoridan ohistalik bilan 1ml kontsentrlangan sulfat kislota qo’yiladi. Sulfat kislotaning zichligi katta bo’lganligi uchun probirka tagiga cho’kib, suyuqlik ikki qavatga bolinadi. Xuddi shu ikki qavat chegarasida binafsha rang (halqa) hosil bo’ladi.
3- tajriba. Fruktozani rezortsin yordamida aniqlash.
Fruktozaga xlorid kislota qo’shib qizdirilganda oksimetilfurfurol hosil bo’ladi, bu mahsulot rezortsin bilan pushti-qizgish rang hosil qiladi. Bu reaktsiya ketogeksozalarni aldogeksozalardan farqlashga imkon beradi.
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, pipetkalar, suv hammomi(800C), Selivanov reaktivi (00,5g rezortsin ikki marta suyultirilgan 100 ml xlorid kislotada eritiladi), fruktozaning 1% li eritmasi, D-glyukoza.
Ishning bajarilishi:
Ikkita probirka olib, ularga rezortsinnig 20% li xlorid kislotadagi 00,5 li eritmasidan 3 ml dan quyiladi, ularning biriga 0,5 ml fruktoza, ikkinchisiga 0,5 ml glyukoza eritmasidan quyiladi.Har ikkala probirka 800 li suv hammomiga 8 minut solib qo’yiladi. Bu vaqtda fruktozali probirkadagi suyuqlik qizil rangga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |