Nazorat uchun savollar
1. Biologik suyuqliklardan yog’ qanday ajratib olinadi?
2. Biologik suyuqliklardan yog’ ajratib olish uchun nimalarga e’tibor qaratiladi?
3. Biologik suyuqliklardan yog’ ajratish nimaga asoslanadi?
4. Biologik suyuqliklardan yog’ ajratib olish uchun sutdan tashqari yana qanday mahsulotlardan foydalanish mumkin?
XVII. LABORATORIYA ISHI
Mavzu: O’t kislotalarga xos sifat reaktsiyalari – 2 soat.
O’t kislotalar kimyoviy tarkibi jihatidan xolanat kislotaning xosillari bo'lib, molekulasidagi tsiklopentanopergidrofenantren yadrosida bir yoki bir necha gidrokso gruppa bo'lishi bilan farqlanadi. O't suyuqligi tarkibida erkin o’t kislotalar: xolat, dezoksixolat, xonedezoksixolat, litoxolat kislotalar hamda glikokol va taurin bilan hosil qilgan juft o’t kislotalar bo’ladi.
O’t kislotalarning sulfat kislota ishtirokida oksimetilfurfurol bilan rangli reaktsiyasini Pettenkofer aniqlanganligi uchun bu reaktsiya shu olim nomi bilan yuritiladi. Oksimetilfurfurol fruktozadan sulfat kislota ta’sirida hosil bo’ladi. Reaktsion aralashmaga qo’shilayotgan saxaroza esa fruktoza manbai bo’lib xizmat qiladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, pepitka, kontsentrlangan sulfat kislota (H2SO4), saxarozaning 5% eritmasi, o't suyuqligi.
Ishning bajarilishi.
10 tomchi o’t suqligi olib, unga shuncha miqdorda saxaroza eritmasi qushib, aralashtiriladi va probirka devori bo’ylab 1 ml kontsentrlangan sulfat kislota qo'shiladi. Ikki qavat chegarasida qizg’ish-binafsha rang paydo bo’ladi.
Nazorat uchun savollar
O't suyuqligi tarkibida erkin o’t kislotalarga nimalar kiradi?
O't kislotalarga xos sifat reaktsiyalar qanday bajariladi?
O't suyuqligi tarkibida erkin o’t kislotalar sulfat kislota bilan qanday reaktsiya beradi?
Oksimetilfurfurol qanday hosil bo’ladi?
O't kislotalarga xos sifat reaktsiyalarni bajarish uchun qanday jihozlar kerak bo’ladi?
Dostları ilə paylaş: |