Biokimyo laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə20/27
tarix29.03.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#91267
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
laboratoriya ishlanmasi

Tajriba: Kraxmalga yod tasir ettirish reaktsiyasi.
Kraxmal yod bilan ko’k rang beradi. Bu reaktsiya o’ziga xos reaktsiya bo’lib, kraxmal tarkibidagi amilozaning poliglyukozid zanjiri spiralsimon strukturaga ega bo’ladi, yod esa spiral o’rtasidagi bo’shliqqa kirib olib, koordinatsion kompleks hosil qilsa kerak. Shuning uchun kraxmal gidrolizga uchratilsa yoki spirt quyilsa kok rang yo’qoladi, shunday hodisa qizdirilganda ham kuzatiladi, lekin eritma sovitilganda ko’k rang yana hosil bo’ladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar (1,5 ml li ) tomchilatuvchi pipetka, pipetkalar, shtativ, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, 0,1% kraxmal eritmasi, 0,1% glikogen eritmasi, Lyugol eritmasi, 10% natriy gidroksid eritmasi, etil spirt.
Ishning bajarilishi:
Probirkaga 0,1% kraxmal eritmasidan 3 ml quyib, ustiga 2-3 tomchi Lyugol eritmasidan tomiziladi. Hosil bo’lgan ko’k rangli eritmani 3 qismga bo’lib, biriga teng hajmda 10%i natriy gidroksid eritmasi, ikkinchisiga shuncha miqdorda etil spirt qo’shiladi, uchinchisi esa qaynatiladi. Bu vaqtda uchala probirkadagi suyuqlik rangsizlanadi. Lekin oxirgi probirkadagi suyuqlik sovitilgandan so’ng ranggi tiklanadi.
Alohida probirkaga 2-3 ml glikogen eritmasi quyib, unga 2-3 tomchi Lyugol eritmasidan tomiziladi. Probirkadagi suyuqlik qizil-qo’ngir rangga kirishi kuzatiladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Polisaxaridlar qanday hosil bo’ladi?
2. Kraxmal yod bilan qanday rang beradi?
3.Glikogen Lyugol eritmasi bilan qandau rang hosil qiladi?
XIII - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Xagedorn Iensen usuli bilan qondagi qand miqdorini aniqlash-2 soat.
Bu usul bo‘yicha qondagi qand miqdorini aniqlash glyukozaning aldegid turkumi hisobiga oson va tez oksidlanish xususiyatiga asoslangan.
Ishqorli muhitda qizil qon tuzi (K3 Fe(CN)6) ta'sirida qondagi glyukoza oksidlanadi. Natijada qizil qon tuzining o‘zi qaytarilib, undan sariq qon tuzi (K4Fe(CN)6) hosil bo‘ladi. Qizil qon tuzining qondagi barcha glyukozani oksidlagandan ortib qolgan qismi yodametrik usulda titrlab aniqlanadi. Shu usulda uning glyukozani oksidlash uchun sarf bo‘lgan miqdori aniqlanib, qondagi qand miqdori hisoblab chiqariladi.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: probirkalar, kolbachalar, voronka, mikropipetka, mikrobyuretka, pipetka, paxta, suv hammomi, rux sulfatning 0,45 % li eritmasi, natriy ishqorning 0,1 % li eritmasi, giposulfitning (Na2 S2O3) 0,005 normal eritmasi, natriy ishqorning 10 % li eritmasi, qizil qon tuzining 0,005 normal eritmasi (2,65 g kimyoviy toza kaliy temir 3 sianid bir oz distillangan suvda eritilib, ustiga natriy karbonat tuzidan 10,6 g solib eritiladi, ular to‘liq eriganidan keyin eritma hajmi 1 l ga yetguncha distillangan suv solinadi va rangli shisha idishda saqlanadi), kraxmalning 1 % li eritmasi, atsetat kislotaning 3 % li eritmasi, natriy xlorid, rux sulfat va kaliy yodid tuzlari eritmalari.
Ishning bajarilishi
1) Qondagi oqsillarni cho‘ktirib ajratish. Buning uchun 3 ta probirkaga rux sulfatning 0,45 % li eritmasidan 5 ml dan va 0,1 normal natriy ishqori eritmasidan 1 ml dan olinadi. Natijada probirkada rux gidroksidning kolloid eritmasi hosil bo‘ladi.
Mikropipetka bilan 0,1 ml qon olib, birinchi va ikkinchi probirkadagi suyuqlikka qo‘shiladi (uchinchi probirka - nazorat). Pipetkaning ichida qon qotib qolmasligiga e'tibor beriladi. Keyin uchala probirka ham qaynab turgan suv hammomida 3 minut saqlanadi. Shunda rux gidroksid ta'sirida qondagi oqsillar cho‘kadi. Cho‘kmali suyuqlik sovitib, filtrlanadi. Tekshirish uchun olingan 0,1 ml qondagi glyukoza filtratga o‘tadi.
2) Filtratdagi glyukozani qizil qon tuzi bilan oksidlash. Buning uchun filtratlar ustiga qizil qon tuzining 0,005 normal eritmasidan 2 ml dan qo‘shiladi. Keyin qaynab turgan suv hammomida 15 minut saqlanadi. Shunda qizil qon tuzining bir qismi glyukozani oksidlab, sariq qon tuziga aylanadi. Qo‘shilgan 2 ml qizil qon tuzi qondagi barcha glyukozani to‘liq oksidlash uchun lozim bo‘lgan miqdordan ortiqchasi reaksiyaga kirishmaydi va ortib qoladi.
3) Sariq qon tuzini cho‘ktirish va qizil qon tuzining ortib qolgan qismiga ekvivalent miqdorda yodni erkin holda ajratish. Probirkalardagi suyuqliklar suv hammomidan olib sovitiladi. Keyin har biriga yodli rux xlorid reaktividan 3 ml dan, atsetat kislotaning 3 % li eritmasidan 2 ml va 1 % li kraxmal eritmasidan 1-2 tomchi qo‘shiladi. Natijada rux sulfat sariq qon tuzi bilan birikib, kaliy rux temir-2-sianid kompleks birikma hosil qiladi. Bu glyukozaning oksidlanishidan hosil bo‘lgan sariq qon tuzini qizil qon tuziga o‘tishdan saqlaydi. Shu bilan birga glyukozaning oksidlanishidan ortib qolgan qizil qon tuzi kislotali muhitda kaliy yodid bilan reaksiyaga kirishib, o‘ziga ekvivalent miqdorda yodni erkin holda ajratadi. Bu kraxmal bilan ko‘k rang hosil qiladi.
4) Yodni titrlash. Kolbachalardagi suyuqliklarning ko‘k rangi yo‘qolguncha mikropipetkaga qo‘yilgan giposulfitning 0,005 normal eritmasi bilan titrlanadi.
Hisoblash. Shu erkin yodni titrlash uchun sarf bo‘lgan giposulfit miqdori asosida quyidagi jadval bo‘yicha hisoblab tekshirilgan qondagi qandning miqdori topiladi.

Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin