Biokimyo laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari


Erkin yodni titrlash uchun sarf bo‘lgan giposulfit



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə21/27
tarix29.03.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#91267
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
laboratoriya ishlanmasi

Erkin yodni titrlash uchun sarf bo‘lgan giposulfit
miqdori asosida qon qandi miqdori topish haqida ma'lumot

Giposul-
fitning ml miqdori
dori

0,00

0,01

0,02

0,03

0,04

0,05

0,06

0,07

0,08

0,09

0,0

0,385

0,382

0,379

0,376

0,373

0,370

0,367

0,364

0,361

0,358

0,1

0,355

0,352

0,350

0,348

0,345

0,343

0,341

0,338

0,336

0,333

0,2

0,331

0,329

0,327

0,325

0,323

0,321

0,318

0,316

0,314

0,312

0,3

0,310

0,308

0,306

0,304

0,302

0,300

0,298

0,296

0,294

0,292

0,4

0,290

0,288

0,286

0,284

0,282

0,280

0,278

0,276

0,274

0,272

0,5

0,270

0,268

0,266

0,264

0,262

0,260

0,259

0,257

0,255

0,253

0,6

0,251

0,249

0,247

0,245

0,243

0,241

0,240

0,238

0,236

0,234

0,7

0,232

0,230

0,228

0,226

0,224

0,222

0,221

0,219

0,217

0,215

0,8

0,213

0,211

0,209

0,208

0,206

0,204

0,202

0,200

0,199

0,197

0,9

0,195

0,193

0,191

0,190

0,188

0,186

0,184

0,182

0,181

0,179

1,0

0,177

0,175

0,173

0,172

0,170

0,168

0,166

0,164

0,163

0,161

1,1

0,159

0,157

0,155

0,154

0,152

0,150

0,148

0,146

0,145

0,143

1,2

0,141

0,139

0,138

0,136

0,134

0,132

0,131

0,129

0,127

0,125

1,3

0,124

0,122

0,120

0,119

0,117

0,115

0,113

0,111

0,110

0,108

1,4

0,106

0,104

0,102

0,101

0,099

0,097

0,095

0,093

0,092

0,090

1,5

0,088

0,086

0,084

0,083

0,081

0,079

0,077

0,075

0,074

0,072

1,6

0,070

0,068

0,066

0,065

0,063

0,061

0,059

0,057

0,056

0,054

1,7

0,052

0,050

0,048

0,047

0,045

0,043

0,041

0,039

0,038

0,036

1,8

0,034

0,032

0,031

0,029

0,027

0,025

0,024

0,022

0,020

0,019

1,9

0,017

0,015

0,014

0,012

0,010

0,008

0,007

0,005

0,003

0,002

Jadvalning chap tomonidagi birinchi ustunda giposulfitning butun va o‘nlar ham tepasidagi gorizantal ustunda yuzlar soni ko‘rsatilgan. Jadvalning o‘rtasidagi raqamlar esa sarf bo‘lgan giposulfitga tegishli qand miqdorini ko‘rsatadi.


Masalan, birinchi kolbachadagi suyuqlikni titrlash uchun sarf bo‘lgan giposulfit miqdori 1,31 ml bo‘lsin. Ikkinchi kolbadagi suyuqlikni titrlash uchun sarf bo‘lgan giposulfitning miqdori 1,38 ml bo‘lsin.
Qon solinmagan nazorat kolbachadagi suyuqlikni titrlash uchun sarf bo‘lgan giposulfit miqdori 1,91 bo‘lsin.
Birinchi kolbadagi suyuqlikning qand miqdorini bilish uchun avval jadvalning chap tomonidagi ustundan 1,3 tepadagi gorizantal ustundan 0,01 ni topib, ikkalasi to‘g‘ri shartli chiziq bilan birlashtiriladi. Ikkala chiziqning birlashgan nuqtasi 0,122 raqamga duch keladi. Demak, birinchi tajribada tekshirilgan 0,1 ml qonda 0,122 mg qand bor ekan. Xuddi shu xilda ikkinchi tajribadagi qand miqdori topiladi. U 0,110 mg qandga, nazoratniki esa 0,015 mg qandga to‘g‘ri keladi.
Parallel ravishda o‘tkaziladigan har ikkala tajribadan o‘rtachasi topiladi. Buning uchun birinchi tajribada topilgan qand miqdorini ikkinchi tajribada topilgan qand miqdoriga qo‘shib, chiqqan son ikkiga bo‘linadi.
0,122 + 0,110 = 0,232
0,232 : 2 = 0,116
Shu 0,116 mg dan kontrol tajribadagi qand miqdori 0,015 mg ni olganda 0,1 ml qondagi qand miqdori chiqadi. 0,116 – 0,015 = 0,101 va so‘ngra qondagi glyukozaning foiz miqdori topiladi.
0,1 ml qonda ------------- 0,101
100 ml qonda ------------- X
X = 100 x 0,101/0,1 = 101 mg %
Shunday qilib, bizning misolimizda qondagi qand miqdori 101 mg % ekan.
Nazorat uchun savollar:
1. Qondagi qand miqdorini aniqlash usuli uning qanday xususiyatiga asoslanadi?
2. Qondagi oqsillar qanday qilib cho‘ktirib olinadi?
3. Qizil qon tuzi bilan oksidlash qanday amalga oshiriladi?
4. Sariq qon tuzini cho‘ktirish va erkin yodni ajratib olishdan maqsad nima?
5.Qondagi qand miqdori aniqlashning qanday ahamiyati bor?
6. Bu ishni bajarishda qanday jihozlar va reaktivlar kerak bo‘ladi?


XIV- LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Lipaza fermentining faolligini aniqlash. 2-soat.
Kerakli asbob va reaktivlar: hovoncha, kvars qumi yoki maydalangan shisha, 100 ml li konussimon kolba, 370 S li suvli termostat, byuretka, o‘t suyuqligi fenolftalienning spirtdagi 0,1% li eritmasi, o‘yuvchi natriyning 0,1 n eritmasi, oshqozon osti bezi, sut.
Yog‘lar oshqozon ichak yo‘llarida oshqozon osti bezi lipazasi ta'sirida glitserin va yog‘ kislotalariga parchalanadi.

Lipazaning faolligi vaqt birligida yog‘larning gidrolizlanishi natijasida hosil bo‘lgan yog‘ kislotalarning miqdoriga qarab baholanadi. Yog‘ kislotalarining miqdori esa vaqti-vaqti bilan reaksion aralashmadan olingan ma'lum miqdordagi gidrolizatni titrlash uchun sarflangan detsinormal ishqor eritmasining millilitrlar miqdori bilan aniqlanadi. Lipaza manbai sifatida oshqozon osti bezi ekstrakti, aktivator sifatida o‘t, substrat sifatida qaynatib sovitilgan sut olinadi, sutdagi yog‘ emulsiya holatida bo‘lgani uchun tezda gidrolizlanadi.
Ishning bajarilishi: Yangi so‘yilgan hayvon (qoramol, qo‘y yoki quyon) ning oshqozon osti bezi yog‘dan tozalanib, avval go‘sht maydalagich yoki qaychida maydalab olingach, unga uch baravar miqdorda suv qo‘shiladi va qum yoki maydalangan shisha yordamida yaxshilab ezib, ferment ekstraksiya qilinadi. Tayyorlangan gomogenatli aralashma 2-3 qavatli doka orqali filtrlanadi.
Uchta 100 ml li kolbaga 50 ml sut quyib, birinchi va ikkinchi kolbaga 2 ml dan lipaza ekstrakti, uchinchisiga shuncha miqdorda qaynatilgan ekstrakt (kontrol) quyiladi. Birinchi kolbaga 5-6 tomchi o‘t suyuqligi (lipazani aktivlash uchun) tomizib, kolbadagi suyuqliklar aralashtirilishi bilanoq, uchala kolbadan 5 ml dan suyuqlik olinadi va boshqa nomerlangan stakanlarga quyiladi, kolbalarni 37 0 S li termostat yoki suv hammomiga qo‘yiladi. Stakanlardagi aralashmaga 10 ml dan suv va 2 tomchidan fenolftalein qo‘shib, har bir stakan o‘yuvchi natriyning 0,1 n eritmasi bilan och pushti rang paydo bo‘lguncha titrlanadi. Shundan keyin har 15 daqiqada, 6 marta uchala kolbaning har biridan 5 ml dan suyuqlik olib, yuqoridagi singari suv va fenolftalein qo‘shib, o‘yuvchi natriyning 0,1 n eritmasi bilan titrlanadi. Olingan ma'lumotlar quyidagicha jadval ko‘rinishida yoziladi.

Titrlash nomeri



Sarflangan 0,1 n ishqor miqdori (ml larda)



Lipaza (1-kolba)



Lipaza +o‘t suyuqligi (2-kolba)



Qaynatilgan lipaza (3-kolba, kontrol)



1-titrlash (0 daq)
2-titrlash (15 daq)
3-titrlash(30 daq)
4-titrlash(45 daq)
5-titrlash(60 daq)
6-titrlash(75 daq)
7-titrlash(90 daq)












Aniqlash tamom bo‘lgandan keyin jadvaldagi olingan natijalar asosida titrlash egri chizig‘i chiziladi. Buning uchun ordinata o‘qiga o‘tgan vaqt davomida ajralgan yog‘ kislotalarini neytrallash uchun sarflangan 0,1 n ishqor eritmasining ml lar miqdori, absissa o‘qiga vaqt yozib qo‘yiladi. Jadval va grafik asosida yog‘larning gidrolizlanishiga o‘t suyuqligi ta'siri hamda lipaza fermenti ta'siri kinetikasi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.



Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin