Nazorat uchun savollar: 1. Kumush oyna reaktsiyasini tushintirib bering?
2. Uglevodlar α-naftol yordamida qanday rang hosil qiladi?
3. Ketogeksozalarni aldogeksozalardan farqlash uchun qangay reaktsiya amalga oshiriladi?
Shakarlarning oksidlanishi qaysi myhitda oson kechadi?
5. Fruktozaga xlorid kislota qo’shib qizdirilganda qanday modda hosil bo’ladi?
6. Ketogeksozalarni aldogeksozalardan farqlash uchun qangay reaktsiya amalga oshiriladi?
XI - LABORATORIYA ISHLARI. Mavzu: Disaxaridlarga xos sifat reaktsiyalari-2 soat. Disaxaridlar tabiatiga ko’ra monosaxaridlarning glyukozidi hisoblanadi. Faqat u yerda radikal ham monosaxarid qoldig’idan iborat. Demak, disaxaridlar ikkita monosaxarid qoldig’ining o’zaro birikishidan hosil bo’ladi. Ularning umumiy formulasi C12H22O11. Disaxaridlar bog’lanish tipiga qarab ikki guruhga bo’linadi:
1) maltoza tipidagi disaxaridlar – ularning hosil bo’lishida birinchi monosaxaridning glyukozid gidroksogruppasi bilan ikkinchisining to’rtinchi uglerod atomidagi spirt gruppasi orasida kislorod ko’prigi hosil bo’ladi. Shuning uchun bu disaxaridlar erkin aldegid gruppasiga ega bo’lib, monosaxaridlar singari qaytaruvchanlik xossasini namoyon qiladi. Bu guruhga maltoza, laktoza, tsellobioza kiradi.
2) tregaloza tipidagi disaxaridlar – bu guruhga kiruvchi shakarlarda har ikkala monosaxarid molekulasidagi glyukozid gidroksogruppasi bog’ hosil qilishda ishtirok etadi. Shu sababli qaytaruvchanlik xossasini namoyon qilmaydi. Bu guruhning asosiy vakili saxarozadir.
Disaxaridlar turkumiga kiruvchi saxaroza molekulasida erkin aldegid turkumi bo’lganligidan unda qaytaruvchanlik xususiyati yo’q. Shuning ham bu disaxarid Trommer, Feling va oyna reaktsiyalarini bermaydi. Laktoza molekulasida galaktoza o’zining yarim atsetal turkumi vositasida glyukozaning 4- alkogol turkumi bilan kislorod ko’prigi orqali birikkan bo’ladi. Demak glyukozaning aldegid turkumi birikish reaktsiyasida ishtirok etmay, erkin holda saqlanib qolgan. Shuning uchun ham laktoza Trommer, Feling va oyna reaktsiyalarini beradi, ya‘ni oksidlanadi.