XVIII. LABORATORIYA ISHI
Mavzu: A va C vitaminlarga xos sifat reaktsiyalari– 2 soat.
Vitaminlar turli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan quyi molekulyar organik moddalar bo’lib, tirik organizmlarda ketadigan moddalar almashinuvi jarayonlarida, bir qancha fiziologik funktsiyalarning meyoriy boshqarilishida muhim rol o’ynaydi.
Hozirgi vaqtda 30 ga yaqin vitamin yoki vitaminsimon moddalar ma’lum bo’lib, ular eruvchanligiga qarab 2 guruhga bo’lingan.
Yog’da eriydigan vitaminlar
Suvda eriydigan vitaminlar
Yog’da eriydigan vitaminlarga А, Д, Е, К lar kiradi. Bulardan tashqari ushbu guruhga vitaminsimon moddalar: lipoat kislota, to'yinmagan yog’ kislotalar ham kiradi.
Suvda eriydigan vitaminlarga B guruh vitaminlari (В1, В2, В6, В9, В12 ) С, Р, РР, pantoten kislota, biotin, folat kislota va boshqalar kiradi. Quyida yog’da eriydigan vitaminlarning vakili hisoblangan A vitamin hamda suvda eriydigan vitaminlar vakili hisoblangan C vitaminga xos sifat reaktsiyalari haqida tajribalar keltiriladi.
A vitaminning kimyoviy nomi retinol deb ataladi. U yog’da yaxshi eriydi, ishqorlar ta’siriga chidamli, havo kislorodi bilan oson oksidlanadi. A vitamin hayvon yog’larida, jigarida, tuxum sarig’ida ko'p bo’lib, o'simliklarda erkin holda uchramaydi, balki, uning provitamini – karotinlar faqat o'simliklarda sintezlanib, hayvon organizmida A vitaminga aylanadi.
Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, baliq moyi, surma (III)- xloridning xloroformdagi to’yingan eritmasi, sirka angidrid, xloroform, kontsentrlangan sulfat kislota, A vitaminning xloroformdagi 0,05 % eritmasi, temir (II)- sulfatning sirka kislotadagi to’yingan eritmasi.
Ishning bajarilishi.
Dostları ilə paylaş: |