tajriba. Surma (III)- xlorid bilan qilinadigan reaktsiya.
Quruq probirkaga 2-3 tomchi baliq moyi tomizib, 4-5 tomchi surma (III)- xloridning xloroformdagi to’yingan eritmasidan qo’shiladi. Aralashma ko’k rangga bo’yaladi, sekin- asta pushti binafsha rangga o’tadi. Agar probirka nam bo’lsa, suvni yuqotish uchun 1-2 tomchi sirka angidrid qushish mumkin.
tajriba. Sulfat kislota bilan qilinadigan reaktsiya.
Bir tomchi baliq moyi 4-5 tomchi xloroformda eritiladi va 1 tomchi kontsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Aralashma ko’k rangga kirib, tezda qoramtir-qizil rangga o’tadi.
Bu reaktsiya kontsentrlangan sulfat kislota A vitamindan suv tortib olishi hisobiga turli xil rangli modda hosil qilishiga asoslangan.
3- tajriba. Temir (II)- sulfat bilan qilinadigan reaktsiya.
1-2 tomchi baliq moyi yoki A vitaminning 0,05 % xloroformdagi eritmasidan olib, 5-10 tomchi FeSO4 ning muz-sirka kislotadagi to’yingan eritmasidan tomiziladi, unga 1-2 tomchi kontsentrlangan sulfat kislota qo’shiladi. Aralashma ko’k rangga kirib, sekin- asta pushti qizil rangga o’tadi. Karotinlar bu reaktsiyada yashil rang beradi.
Nazorat uchun savollar
1. A vitaminning kimyoviy nomi nima deb ataladi?
2. A vitaminga xos sifat reaktsiyalari qanday bajariladi?
C vitaminga xos sifat reaktsiyalari.
C vitamin kimyoviy tabiati jihatidan 1-askorbin kislota tarkibida diyenol gruppa tutgan laktondir. C vitamin molekulasida karboksil gruppa tutmasa ham kislota xususiyatiga ega. Askorbin kislotaning eng xarakterli xossasi oson oksidlanishi va kaytarilishidir. Har ikkala ko'rinishi ham vitaminlik faolligiga ega. C vitamin oksidlovchilar ta’sirida tezda parchalanib ketadi. Bu jarayon neytral yoki ishkoriy muhitda qizdirilganda tezlashadi. Kislotali muhitda ancha barqaror.
C vitamin tuqimalardagi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida, uglevod, yog’ va oqsillar almashinuvida katta rol o’ynaydi.
Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, kaliy ferritsianidning 5% eritmasi, temir xloridning 1 % eritmasi, na’matak yoki boshqa meva ekstrakti, distillangan suv.
Dostları ilə paylaş: |