Nazorat savollari:
O‘t kislotalari oshqozon osti bezining lipaza fermenti faolligiga qanday ta'sir ko‘rsatadi?
Fenolftalein va o‘yuvchi natriyning eritmasi bilan titrlashni tushuntiring.?
Titrlash egri chizig‘i qanday hosil qilinadi?
XV- LABORATORIYA ISHI
Yog’larga xos sifat reaktsiyalar
Mavzu: Yog’larning eruvchanligini aniqlash-1 soat.
Lipidlarga turli-tuman kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan ko’p sonli tabiiy birikmalar kiradi, ular tarkibiga ko’ra turli xildagi spirtlarning yuqori molekulyar yog’ kislotalari yoki fosfat kislota bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Ularda tarkibiy qismlarining bog’lanish tipi bo’yicha umumiylik bo’lsada, tuzilishi va kimyoviy tabiati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Barcha lipidlar suvda amalda erimaydi-yu, ko’pgina organik erituvchilarda oson eriydi, shu jihatdan ular uglevodlar va oqsillardan keskin farq qiladi. Lipidlarning o’ziga xos eruvchanligi muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lib, to’qima va organlar tarkibida bo’lgan boshqa moddalardan ularni ajratib olishga imkon beradi. Quyida lipidlarning fizik-kimyoviy xossalariga tegishli bo’lgan yog’larga xos sifat reaktsiyalar to’g’risida tajribalar keltiriladi.
Yog’larning eruvchanligini aniqlash
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativ, spirt lampa, filtr qog’oz, etil spirt, atseton, efir, petroley efiri, dixloretan, xloroform, benzol, benzin, uglerod(IV)- sulfid, paxta, kungaboqar moyi, margarin, qo’y va mol yog’i.
Ishning bajarilishi.
20 ta probirka olib, ularni ikki gruppaga bo’lib, nomerlanadi. Har ikkala gruppadagi probirkalarga navbati bilan 2 ml dan suv, spirt, atseton, efir, petroley efiri, dixloretan, xloroform, benzol, benzin va uglerodsulfid quyiladi. Birinchi gruppadagi probirkalarning hammasiga bir necha tomchi paxta yog’i yoki boshqa o’simlik moyi, ikkinchi gruppadagi probirkalarga no’xat kattaligidagi mol yog’i solib, normal temperaturada eruvchanligi kuzatiladi, so’ng suv hammomida qizdirib ko’riladi. Kuzatish natijalarini yozib quyiladi.
Dostları ilə paylaş: |