Biokimyo laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari


Yog’lardagi glitseringa xos reaktsiya



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə23/27
tarix29.03.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#91267
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
laboratoriya ishlanmasi

Yog’lardagi glitseringa xos reaktsiya

Tabiiy yog’lar tarkibida ma’lum miqdorda erkin glitserin bo’ladi, uni aniqlash uchun ma’lum miqdorda yog’ yoki moy olib, suv tortib oluvchi modda – kaliy bisulfat ishtirokida qizdirilsa, o’tkir hidli akril aldegid – akrolein ajraladi.


Akrolein ajralganini aldegidga xos reaktsiyalar yordamida aniqlash mumkin.
Lipoidlar tarkibida erkin glitserin bo'lmaydi, shu sababli ular akrolein reaktsiyasini bermaydi.

CH2OH CH2OH CH2


 - H2O  - H2O 
H  C  OH  CH2  CH
  
H  C  OH C == O C == O
  
H H H
gletsiren - oksipropionat akrolein
aldegid
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativ, spirt lampa, filtr qog’oz, kaliy gidrosulfat kristali, kumush gidroksidining ammiakli eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz, fuksin-sulfat kislota eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz, paxta, kungaboqar moyi.
Ishning bajarilishi.
Probirkaga 0,5-1ml paxta moyi quyiladi, ustiga 2-3g kaliy bisulfat kristallaridan qo'shib mo’rili shkafda qizdiriladi. O’tkir hidli oq akrolein bug’lari ajraladi. Buglarga kumush oksidining ammiakli eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz tutilsa, u qora rangga kiradi, fuksin sulfit kislota eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz tutilsa, pushti dog’ paydo bo’lishi kuzatiladi. Bu har ikkala reaktsiya aldegidlarga xos reaktsiya bo’lib, akrolein ajralayotganini bildiradi.
Nazorat uchun savollar

1.Yog’larning eruvchanligi qanday aniqlanadi?


2.Yog’larning eruvchanligi deganda nimani tushunasiz?
3.Yog’lardagi glitseringa xos sifat reaktsiya qanday bajariladi?
4.Yog’larga xos sifat reaktsiya deganda nimani tushunasiz?


XVI. LABORATORIYA ISHI


Mavzu: Biologik suyuqliklardan yog’ ajratib olish –2 soat .

Biologik ob’ektlar ichida sut yog’ ajratib olish uchun eng qulay materialdir. Unda yog’ ajratib olish ishqoriy muhitda oranik erituvchi – efir bilan ekstraktsiya qilishga asoslangan.


Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar 10 ml ulchov tsilindri, darajalangan probirka, 50 ml bug’latuvchi chinni kosacha, suv hammomi, natriy karbonatning 10 % eritmasi, dietil efir, sut.
Ishning bajarilishi.
25 ml ajratgich voronkaga 10 ml sut, 5 ml efir, 3 ml 10 % natriy karbonat eritmasi quyib 0,5-1 minut chayqatiladi va efirli qavat ajratib olinadi. Suv hammomi yordamida ohistalik bilan efir uchirib yuborilsa, kosachada sut moyi qoladi.



Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin