Biokimyo laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə15/27
tarix29.03.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#91267
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
laboratoriya ishlanmasi

tajriba

0,2 M Na2 HPO4 miqdori
(ml hisobida)

0,1 M limon kislota miqdori
(ml hisobida)

Aralashmaning pH qiymati

0,5 % kraxmal ning 1% li natriy xloriddagi eritma sining miqdori

100 marta suyul tirilgan so’lak miqdori

Yod bilan reak tsiya natijasida hosil bo’lgan rang

1.

0,58

0,42

5,6

10 tomchi

10 tomchi




2.

0,63

0,37

6,0

10 tomchi

10 tomchi




3.

0,69

0,31

6,4

10 tomchi

10 tomchi




4.

0,77

0,23

6,8

10 tomchi

10 tomchi




5.

0,87

0,13

7,2

10 tomchi

10 tomchi




6.

0,94

0,06

7,6

10 tomchi

10 tomchi




7.

0,97

0,08

8,0

10 tomchi

10 tomchi






Nazorat uchun savollar:

        1. Ferment faolligiga pH ning ta’siri deganda nimani tushunasiz ?

        2. Fermentning pH optimumi deb nimaga aytiladi ?

3. Ferment faollgining pH ga bog’liqligini tushuntiring ?
IX. LABORATORIYА ISHI
Mavzu: Katalaza fermentining faolligini aniqlash -2 soat
Katalaza fermenti ta'sirida gidroperoksid suv va molekulyar kislorodga parchalanadi.
2О2  2Н2О + О2
Katalaza odam va hayvonlarning turli to‘qima va biologik suyuqliklarida bo‘ladi. Xususan u qon va jigarda ko‘pdir. Organizmda oksidlanish jarayonlari natijasida hosil bo‘ladigan gidroperoksid katalaza ta'sirida parchalanib turadi.
Biologik suyuqlik va to’qimalardagi katalazani ochish va uning miqdorini aniqlash ma'lum klinik ahamiyatga egadir.
Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, 0,3-0,5 g jigar, chinni havonchai, distillangan suv, gidroperoksid, gaz gorelkasi.
Ishning bajarilishi.
Katalaza reaksiyasi. Taxminan 0,3-0,5 g jigar chinni havonchada 1-2 ml suv bilan eziladi. Ezilgan jigar ekstraktini probirkaga solib, 8-10 ml suv bilan suyultiriladi. Uning ustiga probirka liq to‘lguncha gidroperoksid olib, tezda probirkaning og‘zini bosh barmoq bilan berkitib, stakandagi suvga solinadi, so‘ng barmoq olinadi. Natijada katalaza ta'sirida gidroperoksidning parchalanishidan ajralgan kislorod probirkaga to‘planadi. Shundan keyin probirkaning og‘zini barmoq bilan berkitib, suvdan olinadi. Keyin uchi yonib cho‘g‘langan tutantiriq probirkaga tushiriladi, shunda tutantiriq yonadi.
Cho‘g‘langan tutantiriqning yonishi probirkada kislorod to‘planganligini ko‘rsatadi.


Nazorat uchun savollar:
1. Katalazaning umimiy xusisiyatlarini tushintiring?
2. Katalaza fermenti qanday usul bilan aniqlanadi?


X - LABORATORIYA ISHLARI.
Mavzu: Monosaxaridlarga xos sifat reaktsiyalari-2 soat.
Monosaxaridlar kristall tuzilgan, shirin mazali, suvda yaxshi eriydigan moddalardir. Aksariyat monosaxaridlar CnH2nOn formula bilan ifodalanadi. Shunga ko’ra ular C va O atomining soniga qarab bir necha guruhga bo’linadi: biozalar- C2H2O2, triozalar- C3H6O3, tetrozalar- C4H8O4, pentozalar- C5H10O5, geksozalar- C6H12O6, geptozalar- C7H14O7 va hokazolar.
Monosaxaridlar molekulasida bir vaqtning o’zida gidroksogruppa yoki keton gruppalari bo’ladi. Shu sababli ular ichki poluatsetallar hosil qilib, ochiq zanjirli va tsiklik ko’rinishlarda uchraydi.
Monosaxaridlarning tsiklik ko’rinishdagi poluatsetal yoki glyukozid gidroksogruppa molekuladagi boshqa gidroksogruppalardan farq qiladi, ular fazoviy joylashuviga qarab - va - ko’rinishga ega bo’ladi.
Monosaxaridlar molekulasida erkin aldegid gruppa bo’lganligi uchun ular qaytaruvchi xossasiga ega. Ularning shu xossasidan foydalanib, biologik ob’ektlardagi shakar sifat va miqdoriy jihatdan aniqlanadi. Quyida monosaxaridlarning sifat va miqdoriy jihatdan hamda ularning qaytaruvchanligiga doir tajribalarni ko’rib chiqamiz.
1-tajriba. Kumush oyna reaktsiyasi.
Oyna reaktsiyasida kumush gidroksid hisobiga aldozalarning aldegid turkumi oksidlanib, tegishli kislota hosil qiladi. Kumush gidroksidi esa erkin kumushgacha qaytariladi. Ajralgan kumush probirka devorlariga o’rnashib oyna hosil qiladi.



Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin