2. O‘ziga xos rangli reaktsiyalar 2.1. - tajriba. Ksantoprotein reaktsiyasi Ksantoprotein reatsiyasi oqsillar molekulasidagi tarkibida benzol yadrosi bor tsiklik aminokislotalarga (fenilalanin, tirozin, triptofan) xos reaktsiyadir. Ko‘pchilik oqsillar kontsentrlangan nitrat qo‘shib qizdirilganda sariq rangga kiradi, ishqoriy muhit hosil qilinsa, qizg‘ish to‘q sariq rangga o‘tadi. Bu reaktsiya aromatik aminokislotalardagi benzol yadrosining kontsentrlangan nitrat kislota ta’sirida nitrolanishga asoslangan. Ќosil bo‘lgan nitrobirikma ishqoriy muhitda xinoid ko‘rinishiga o‘tib, nitron kislotalari va ularning tuzlarini hosil qiladi.
Kerakli asbob va reaktivlar:0,1 % tirozin, kontsentrlangan nitrat kislota, ammiak, natriy gidrooksid 1 % tuxum oqsili, 1 % bug‘doy oqsili, spirt lampa, shtativ, probirkalar.
Ishning bajarilishi: 3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi 1 % tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi bug‘doy yoki chigit oqsili, uchinchisiga 5 tomchi 1 % tirozin eritmasidan qo‘yiladi. Hamma probirkaga 3-4 tomchidan kontsentrlangan nitrat kislota qo‘shib qizdiriladi. Uchala probirkadagi suyuqlik sariq rangga kiradi. Aralashma sovitilgan ammiak yoki natriy gidrooksid yordamida ishqoriy muhit hosil qilinadi va qizg‘ish-sariq rang paydo bo‘lishi kuzatiladi. Olingan natijalar jadval kurinishida ifoda etiladi.