Biokimyo laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari


- tajriba. Laktozaning oksidlanish reaktsiyalari



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə19/27
tarix29.03.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#91267
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
laboratoriya ishlanmasi

7 - tajriba. Laktozaning oksidlanish reaktsiyalari.
Bu disaxarid bir molekula d–glyukoza va bir molekula d–galaktozadan tuzilgan. Laktoza faqat sut tarkibida uchraydi, miqdori 5-8 foizni tashkil etadi. U suvda yaxshi erimaydi, suyuqlanish temperaturasi 2020C. Laktozani olish uchun dastavval sutdagi oqsillarni mis gidroksid yordamida cho’kmaga tushiriladi. So’ngra filtrat bilan Trommer, Feling va oyna reaktsiyalaridan bittasi ishlanadi.
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, 100 ml kolba, sut, distillangan suv, 10% NaOH eritmasi, 5% CuSO4 eritmasi.
Ishning bajarilishi:
Bitta 100 ml hajmli kolbaga 2,5 ml sut, 46 ml suv, 5 foizli mis sulfat eritmasidan 1,5 ml va natriy ishqorning 10 foizli eritmasidan 0, 15 ml quyiladi. Aralashma chayqatilgach suyuqlik 30 minut tinch saqlanadi. Shunda sutdagi oqsillar cho’kmaga tushadi. Bundan keyin kolbadagi cho’kmali suyuqlik voronkaga o’rnatilgan filtr orqali filtrlanadi. Filtratdagi cho’kma tashlangach, bir probirkaga filtratdan 1-2 ml olib okidlanish ya‘ni Trommer, Feling va oyna reaktsiyalaridan biri ishlanadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Saxaroza gidrolizga uchraganda qanday monosaxaridlar hosil bo’ladi?
2. Shakarlarning oksidlanishi qaysi muhitda oson kechadi?
3. Laktozaning oksidlanish mexanizmini izohlang?
XII - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Polisaxaridlarga xos rangli reaktsiyalar-2 soat.
Polisaxaridlar tirik organizmda uchraydigan uglevodlarning asosiy qismini tashkil etadi, ular monosaxaridlar va ularning hosilalari asosida hosil bo’lgan biologik polimerlardir.
Kraxmal, glikogen (hayvon kraxmali), insulin, tsellyuloza, dekstrin, xitin, gialuronat va xondroitinsulfat kislotalar, geparin va boshqalar tabiatda eng ko’p tarqalgan polisaxaridlar hisoblanadi. Ular organizmda turli-tuman vazifalarni bajaradi.
Polisaxaridlar bir-biridan molekulasining o’lchami, bog’lanish usuli va tipi, tarkibiy qismlari, xossa hamda bajaradigan vazifalari jihatidan farq qiladi.

Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin