Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Proteinkinaza 
hujayra ichi fermenti bo‘lib, u orqali sAMFga o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Protenkinaza 2 shaklda bo‘ladi. sAMF bo‘lmaganda
proteinkinaza tetromer kompleks holatida bo‘lib, 2 ta katalitik (C
2
) va
2 ta boshqaruvchi (R
2
) subbirliklardan iborat bo‘lib, molekulyar og‘irligi
49000 va 38000 dir; bunday shaklda ferment faol emas. sAMF
ishtirokida proteinkinaza kompleksi bitta R
2
-subbirlikga va 2 ta erkin
katalitik C subbirlikga dissotsiatsiyalanadi; C-subbirliklar fermentativ
faollikka ega bo‘lib, oqsil va fermentlar fosforillanishini katalizlaydi,
natijada, hujayra faolligini o‘zgartiradi.
Hujayralarda sAMFga bog‘liq proteinkinazalarni yuqori sinfi
ochilgan va proteinkinaza A deb nomlangan; ular fosfat guruhini serin
va treonin OH-guruhiga o‘tkazishini katalizlaydilar (serin, treonin-
kinazalar). Boshqa sinf proteinkinazalar, xususan insulin retseptori bilan
faollanuvchi, faqat tirozinni OH-guruhiga ta’sir etadi. Lekin, barcha
holatlarda yuqori zaryadli va hajmli fosfat guruhini qoshilishi
fosforillangan oqsillarda nafaqat konformatsion o‘zgarishlarni vujudga
keltiradi, balki ularni faolligini yoki kinetik xususiyatlarini o‘zgartiradi.


323
Ko‘pchilik fermentlarni faolligi sAMFga bog‘liq fosforillanish bilan
boshqariladi. Boshqa ko‘plab oqsil-peptid tabiatli gormonlar bu
jarayonni faollaydi. Lekin ba’zi gormonlar adenilatsiklazaga
ingibirlovchi ta’sir ko‘rsatadi, natijada, sAMF miqdori va oqsillarni
fosforillanishi pasayadi. Xususan, somatostatin gormoni o‘zini spetsifik
retseptori (G
5
-oqsilni struktur gomologik bo‘lgan) ingibitor G-oqsil (G;)
bilan birikib, adenilatsiklaza va sAMF sintezini ingibirlaydi, yani
adrenalin va glyukagon vujudga keltiradigan ta’sirga qarama-qarshi
ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi a’zolarda prostaglandinlar (xususan PGE)
adenilatsiklazaga shunday ingibirlovchi ta’sir ko‘rsatadi, vaholanki,
hujayrani turiga bog‘liq ravishda xuddi shu PGE, sAMFning sintezini
faollashtiradi.
Glikogen parchalanishini faollantiruvchi mushak gliko-
genfosfarilazasini faollanish mexanizmi va boshqarilishi batafsil
o‘rganilgan. 2 shakli tafovut etiladi: katalitik faol fosforilaza 
a
va faol
bo‘lmagan fosforilaza b. Ikkala fosforilaza 2 ta bir xil subbirliklardan
tashkil topgan (molekulyar og‘irligi 94500), har birida 14 orinda serin
joylashgan bo‘lib, fosforillanish-defosforillanish jarayoniga, yani
faollanish va faolsizlanishiga uchraydi.
Siklik AMFga bog‘liq proteinkinaza bilan faolligi boshqariladigan
fosforilaza 
b
ning kinazasi ta’sirida faol bo‘lmagan shakldagi fosforilaza
b molekulasini ikkala subbirligi kovalent fosforillanishga uchraydi va
faol fosforilaza 
a
ga aylanadi. Fosforilaza 

ning defosforillanishi
spetsifik fosforilaza 
a
fosfatazasi ta’sirida fermentni inaktivlanishiga
va birlamchi holatga qaytishiga olib keladi.
Mushak to‘qimasida glikogenfosfarilaza boshqarilishini 3 turi
ochilgan.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin