Biokimyo pmd


Jigarning pigment almashinuvidagi ishtiroki



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Jigarning pigment almashinuvidagi ishtiroki
O‘t bilan ajraluvchi pigmentlar unga to‘q sariq rang berib turadilar.
Insonlarda bilirubin asosan, gemoglobindan hosil bo‘ladi (rasm). Bir
kecha-kunduzda retikuloendotelial to‘qimalarda (qora taloq, jigar va
suyak ko‘mikida) qizil qon tanachalari 1% gacha nobud bo‘ladi va
ulardan 7,5 g ga yaqin gemoglobin ajraladi. Undan tashqari 15-25%
bilirubin gemni o‘zida saqlovchi moddalar (mioglobin, sitoxromlar,
peroksidaza va boshqalar)dan hosil bo‘ladi.
Eritrotsitlarning umri o‘rtacha 110-120 kunni tashkil qiladi. 1g
gemoglobin parchalanganda 34 mg bilirubin hosil bo‘ladi (110-rasm).
Gemoglobindan globin va gem, gem dan bilirubin hosil bo‘ladi. Gemdan
bilirubingacha bo‘lgan jarayon EPT membranalarida juda murakkab
va uzviy bog‘liq reaksiya sifatida o‘tadi.


406
111-rasm. 
Gemoglobin parchalanishi


407
Gemoksidaza fermentining ta’siri natijasida gemning tetrapirrol
o‘zagidagi alfametin ko‘prikchasida uzilish ro‘y berib, natijada,
verdoglobin hosil bo‘ladi.
Verdoglobindan temirning ajralishi natijasida to‘rtta bir-biri bilan
to‘g‘ri bog‘langan pirrol halqasidan iborat biliverdin hosil bo‘ladi.
Sitoplazmadagi NADga bog‘liq biliverdinreduktaza fermenti ta’siri
natijasida biliverdindan bilirubin hosil bo‘ladi. Bir kecha-kunduzda
odam organizmida 100-300 mg har xil izomerdagi bilirubin hosil
bo‘ladi.
Bunday bilirubin erkin bilirubin deyiladi. Makrofaglardan ajralgan
bunday bilirubin qon tomirlarda albumin bilan bog‘lanadi. Odatda 1 g
albumin 14,4 mol bilirubinni bog‘laydi. Albumin bilan bog‘langan
bilirubin konyugatsiya qilinmagan yoki bilvosita bilirubin deyiladi.
Bunday bilirubin odam organizmi uchun zararli emas. U miya
to‘qimalariga singmaydi, shuning uchun bilirubinga xos ensefalopatiya
kelib chiqishiga sabab bo‘la olmaydi. Van-den-Berg reaksiyasi-
diazosulfoxlorid (Erlixning diazoreaktivi) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
reaksiyaga kirishmagani uchun bilvosita bilirubin deb nom berilgan.
Albumin bilan bog‘lanmagan bilirubin gematoensefal to‘siqdan o‘ta
oladi, natijada u miya to‘qimalari pardasidagi fosfolipidlar bilan umumiy
birikma hosil qiladi. Markaziy nerv sistemasidagi markazlarga ta’sir
qilib, ularni zaharlaydi.
Albuminning bilirubin bilan maksimal bog‘lanish xususiyati yuqori
bo‘lib, bu qondagi albumin miqdoriga va u bilan raqobatlashuvchi
moddalarga bog‘liq. Odatda erkin bilirubinning qondagi miqdori 1%
dan oshmaydi va albumin miqdori 100 ml plazmada 3 g dan kam bo‘lsa
erkin bilirubinning miqdori ko‘payib ketadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin