401
qilib, lipolitik fermentlarning ta’sir qilishiga imkoniyat tug’diradilar
va lipazaning aktivligini oshiradi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari
o‘t kislotalarni yog‘lar hazmlanishi natijasida hosil bo‘lgan moy
kislotalari bilan birikib xolein komplekslarini hosil qiladilar. Hosil
bo‘lgan komplekslar suvda yaxshi erigani uchun ichak devorlari orqali
osonlikcha so‘riladi. Xolein komplekslarning
bir qismi ichak
devorlarida, so‘rilgan qismi esa jigar hujayralarida yog‘ va o‘t
kislotalarga parchalanadilar. Hosil bo‘lgan o‘t kislotalari qaytadan o‘t
yo‘llarida, yog‘lar almashinuvida ishlatiladi. Demak, jigarda o‘t
chiqarilishining buzilishi yog‘larning hazmlanishi, so‘rilishini
buzilishiga va axlat bilan yog‘ning 50% gacha chiqarib yuborilishiga
olib keladi. Bunday holat steatoreya deb nomlanadi. Sog‘lom odam
najasida faqat 10% gacha yog‘ bo‘lishi mumkin. Yog‘lar so‘rilishining
buzilishi va yetishmovchiligiga olib keladi.
Organizmdan buyrak orqali o‘tmaydigan ba’zi moddalar o‘t
tarkibida
chiqariladi. Bu moddalarga bengalrot, azur, mikroelementlar va
boshqalar misol bo‘lib, ular jigarning ekskretor
vazifasining jadalligini
ko‘rsatadi. Ko‘rsatilgan moddalar qon aylanish jarayonini tajribada
o‘rganishda qo‘llanilanadi. Ko‘proq bromsulfalein jigarning faoliyatini
aniqlashda foydalinalanadi.
Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari jigar yog‘larning
oraliq
almashinuvida ham faol ishtirok etadi. Ichakning shilliq qavati orqali
so‘rilgan yog‘lar qopqa venasi orqali jigarga boradi.
Dostları ilə paylaş: