Biokimyo pmd


Yurak mushagi va silliq muskulatura kimyoviy tarkibini o‘ziga



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Yurak mushagi va silliq muskulatura kimyoviy tarkibini o‘ziga
xosligi
Yurak mushagi o‘zida qator kimyoviy birikmalar saqlashi bo‘yicha
skelet mushagi va silliq mushaklar orasida o‘rta holatni egallaydi. Quyon
skeletining mushagida oqsil azotining umumiy miqdori 30-31 mg\kg,
silliq mushakda esa (miometriy) – 20,3 mg\g gacha. Yurak mushagida
va ayniqsa, silliq mushakda miofibrillyar oqsillar skelet mushagiga
nisbatan kam. Oshqozon to‘qimasi silliq mushagida miofibrillyar
oqsillarni umumiy miqdori skelet mushagiga nisbatan silliq mushak va
miokardda stromadagi oqsillar konsentratsiyasi ko‘pdir. Ma’lumki,
yurak mushagi va silliq muskulaturadagi miozin, tropomiozin va
troponin o‘zini fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan skelet mushagidagi
shu oqsillardan farqlanadi. Sarko‘plazmatik oqsillar fraksiyalarida ham
ma’lum o‘ziga xosliklar aniqlangan. Silliq mushak va miokard
sarko‘plazmasi skelet mushagiga nisbatan mioalbuminni foiz jihatidan
ko‘proq saqlaydi.
1 g yurak mushagi to‘qimasida ATFning miqdori (2,60 mkmol) skelet
mushagiga (4,43 mkmol) nisbatan kam, silliq mushakka nisbatan (1,38
mkmol) esa ko‘p bo‘ladi. Glikogen miqdori bo‘yicha ham yurak
mushagi skelet va silliq mushak orasida o‘rta holatni egallaydi. S.Å.
Severin (1965 y.) ma’lumotlari bo‘yicha yurak va silliq mushakda
anserin va karnozin (1 kg ho‘l massaga nisbatan 0,1 g dan ko‘p emas)
iz holatida aniqlanadi. Mushakni bajaradigan ish turi va fosfoglitseridlar
miqdori o‘rtasida ma’lum bog‘liqlik bor. Miokard boshqa mushak
to‘qimalariga nisbatan fosfoglitseridlarga boy, ehtimol, ular
oksidlanganda uni qisqarishi uchun zarur energiyani ko‘p qismi hosil
bo‘ladi.


448
XX BOB
BIRIKTIRUVCHI TO‘QIMA BIOKIMYOSI
Biriktiruvchi to‘qima organizmning butun tanasi bo‘yicha
taqsimlangan bo‘lib, u tog‘ay, pay, boylam, suyak matriksida bo‘ladi.
Bu to‘qima buyrak jomi, siydik kanallari sohasida joylashadi, tomirlarni
fiksatsiya qiladi; jigar va mushak kabi parenximatoz a’zolarda
hujayralararo bog‘lovchi moddaning asosini tashkil etadi. Tana vaznini
taxminan 50%ni tashkil etadi. Biriktiruvchi to‘qimaning mexanik va
ushlab turuvchi vazifasi hujayra tashqarisidagi erimaydigan iplar
hisobiga amalga oshiriladi. Ular matriksga botib turuvchi yuqori polimer
birikmalardan tashkil topgan bo‘lib, asosiy modda deb yuritiladi.
Erimaydigan iplar va eruvchan matriksning sinteziga javobgar hujayralar
– xondrotsit va fibroblastlardan tashqari makrofag, semiz hujayralar va
kam miqdorda differensiyalanmagan turdagi hujayralar biriktiruvchi
to‘qima hujayralariga kiradi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin